Karimov Axim Karimovich (; 1917-yil 5-dekabr Ufa viloyati-2015-yil 28-avgust) — geokimyogar, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Biografiyasi Karimov Axim Karimovich 1917-yil 5-dekabrda Ufa viloyati, Menzelinskiy tumani, Aktanish qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 30-yillarda oilasi bilan Samarqand shahriga doimiy yashash uchun koʻchib kelishadi. 1939-yilda Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan. Shu yili Karimov Axim Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirildi. Urush paytida Stalingrad frontida tank boʻlinmalarida jang qilgan. Oʻsha paytda u katta leytenant unvonini oldi. Axim Karimov 1947-yili demobilizatsiya qilingan.

U mehnat faoliyatini Ufa ilmiy tadqiqot institutida boshlagan. Oʻsha yerda 1947-yilda katta muhandis, 1955-yilda katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1951-1954-yillarda Leningrad butunittifoq ilmiy tadqiqot geologiya-qidiruv institutida ilmiy ishlar olib borgan.

1959-yili Neft va gaz konlarini geologiya va oʻzlashtirish instituti Toshkent filialida direktor lavozimida ishladi. 1959-yildan 1976-yilgacha oilasi bilan Toshkentda istiqomat qildi. Keyinchalik, 1976-yili oilasi bilan birgalikda Ufa shariga qaytishdi. 1976-yildan Ufa davlat neft institutida oʻqituvchi, 1978-yildan esa kimyo kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan.

1980-1988 yillarda Aqmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universitetida oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Ilmiy faoliyati Axim Karimovning ilmiy faoliyati Volga-Ural mintaqasi hamda Oʻrta Osiyodagi neft va tabiiy gaz geologiyasi bilan bogʻliq. Shu hududlar boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlardan foydalanib yozilgan 100 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan.

Mukofotlari „Qizil yulduz“ ordeni „Qizil Bayroq“ ordeni „Jasorat“ ordeni „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ nomli orden va medallari bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum: Vikipediya:Andozalar:Sovet Ittifoqi orden va medallari