Monashe Mishailovich Abramov (1926-yil 20-dekabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR — 1998-yil 13-oktyabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbekistonlik sharqshunos, tarixchi. Professor, tarix fanlari doktori. Tarjimayi holi Monashe Abramov 1926-yil 20-dekabrda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Monashe Abramov kelib chiqishi Buxoro yahudiylariga borib taqaladi. 1933−1941-yillarda Samarqand shahridagi 25-oʻrta maktabda oʻqigan. 1941−1944-yillarda Samarqand pedagogika institutida, 1944−1946-yillarda Samarqand davlat universiteti tarix fakultetitda tahsil olgan.

1949-yil iyul oyida Samarqand shahridagi Maksim Gorkiy nomidagi pedagogika institutiga ishga qabul qilingan, keyinchalik O‘zbekiston davlat universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan. 1960–1982-yillarda Monashe Abramov Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti dekan muovini lavozimida ishlagan. 1982–1998-yillarda Monashe Abramov tarix fakultetining O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasini boshqargan.

Vafoti Monashe Abramov 1998-yil 13-oktybarda Samarqandda vafot etgan. Samarqanddagi yahudiylar qabristoniga dafn etilgan.

Ilmiy faoliyati Monashe Abramovning ilmiy-tadqiqot faoliyati Samarqand tarixi va Buxoro yahudiylari tarixini oʻrganishga qaratilgan edi. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlgan. Monashe Abramov professor Ivan Umnyakov ilmiy rahbarligida 1958-yilda „Samarqand viloyatidagi „Qoʻshchi“ uyushmasining faoliyati (1919–1927)“ () mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1989-yilda tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Eng mashhur ilmiy asarlari: kitoblari hisoblanadi.

1994-yil 16-dekabrda Samarqand davlat universiteti tomonidan „faxriy professor“ ilmiy unvoni berilgan.

Mukofotlari Monashe Abramov 1947-yilda „1941−1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun“ medali, 1994-yilda „Shuhrat“ medali, 1998-yilda „Doʻstlik“ ordeni, 1977-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 1987-yilda „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Rossiya Fanlar akademiyasi / Sharq qo'lyozmalari instituti

Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar Turkum:Oʻzbek tarixchilari