Vohid Masudov (, 10-oktyabr 1959-yil, Jambul) – sovet va qozoq sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida 1992-1996-yillarda oʻynagan. SSSR sport ustasi (1986). Murabbiylikda „A“ toifadagi litsenziyasiga ega.

Karyera 1977-yil professional faoliyatini „Ximik“ (Jambul) jamoasida debyut qildi.

Oradan bir yil oʻtib Xonqaning „Xorazm“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va unga Xorazm jamoasiga oʻtishni sobiq „Ximik“ futbolchisi Kristofer Kaskinidi tavsiya qildi. 1978-yil kuzida Jambulga qaytib, u harbiy xizmatga chaqiruv qogʻozini oldi va Qiziloʻrdaning „Orbita“ jamoasiga xizmat qilish uchun ketdi.

1980-yilda "Qayrat" ustozi Igor Semyonovich Volchok uni oʻzining jamoasi taklif qildi va u Olma-Otada jamoasining kelajakdagi muhim futbolchilaridan biriga aylanishini aytdi. 1980-yil 7-aprelda Masudov „Qayrat“ safida SSSR oliy ligasida "Dinamo" Tbilisiga qarshi oʻyinda debyut qildi. 1980-yilgi mavsumning ikkinchi bosqichida u klubning asosiy oʻyinchiga aylandi. U jamoaning yetakchisi va sardori edi.

1990-yilda u „Terek“ uchun bir mavsumni oʻtkazdi. 1991-yilda u yana 2 mavsum davomida „Qayrat“ ga qaytdi.

1992-yil 1-iyunda „Qozogʻiston“ terma jamoasi safida Markaziy Osiyo kubogi turniri doirasida „Turkmaniston“ terma jamoasiga qarshi oʻz debyut oʻyinini oʻtkazgan. U terma jamoada jami 10 ta oʻyin oʻtkazgan, terma jamoa sardori boʻlgan.

1993-yilda „Doʻst Olmaota“ klubida oʻynagan, 1993-yil kuzida Germaniyaning „Oberliga“ klubi „Preussen 07 Hameln“da oʻynash uchun Germaniyaga ketgan. U Germaniyaning „Göttingen 05“ klubida ham oʻynagan.

Germaniyadan qaytgach, „Aktobenets“ klubida oʻyinchi murabbiy boʻldi. 1995-yilda „Elimai“ jamoasi safida ham oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati 1996-yildan murabbiylik faoliyatini boshladi. U „Qayrat“ jamoasini boshqardi, bir vaqtning oʻzida oʻyinchi murabbiy sifatida maydonga tushdi. 1999-yilgi mavsum oxirida u jamoani tark etdi. 1999-yil avgustidan 2000-yil mayigacha „Taraz“ klubini boshqargan. 2000-yilning iyulidan dekabrigacha Qaragʻandaning „Shaxtyor-Ispat-Karmet“ klubini boshqargan.

2001-yilda u Qayratga qaytib keldi va u yerda faqat avgust oyigacha qoldi. 2001—2002 yillarda Qozogʻiston terma jamoasini boshqargan. 2002-yilda „Vostok-Oltin“ jamoasini boshqargan. 2003-yil iyun-iyul – „Aktobe-Lento“ jamoasida murabbiy. 2004-yilda „Jetisu“ klubida ishlagan. 2005—2006-yillarda Qaragʻandaning „Shaxtyor“ jamoasi boshqargan. 2007—2008-yillarda „Qayrat“ klubini boshqargan.

2009-yil Astananing „Lokomotiv“ murabbiyi boʻlib ishlagan. Fevral oyida, jamoa bilan bir necha oylik ishlagandan soʻng, Qozogʻiston chempionati boshlanishiga bir hafta qolganda, u oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqish haqida xat yozgan. 2009-yilning mart oyida u „Atirau“ klubini boshqargan. Tez orada u jamoa bilan birgalikda 2009-yilgi Qozogʻiston kubogi sohibiga aylandi. 2010-yilning mart oyida Qozogʻiston Superkubogi uchun „Aktobe“ bilan oʻyin oldidan u jamoa bilan shartnoma bekor qilinib jamoadan ketgan. 2010-yilda u „Vostok“ 1-ligasi jamoasini boshqarib, uni Premer-ligaga olib chiqdi. 2011-yilning may oyida 10-turdan soʻng oilaviy sabablarga koʻra (xotinining kasalligi) jamoani tark etdi. 2012-yilning avgust oyida u Olmaotaning „Qayrat“ jamoasi murabbiylar shtabiga qoʻshildi. 2013-yildan 2015-yilgacha u mavsum davomida „Ordabasi“, „Astana-1964“ va „SSKA“ klublarini boshqargan.

2016-yilning fevral oyidan Qozogʻiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi. 2016-yildan 2017-yilgacha „Ural Akjayik“ bosh murabbiyi boʻlgan. 2018-yilning yanvarida Maʼsudov „Atirau“ bosh murabbiyi etib tayinlangan, biroq dastlabki toʻrtta magʻlubiyatdan soʻng, aprel oyida isteʼfoga chiqarilgandi. 2019-yil „Taraz“ 2021-yilning yanvaridan iyuniga qadar „Maktaoral“ ustozi sifatida murabbiylik faoliyatini olib bordi. 2021-yil iyun-iyul – "Aktobe" jamoasini boshqargan. 2022-yilning yanvaridan „Qozogʻiston U19“ yoshlar jamoasi murabbiyi, 2022-yilning iyunidan 2023-yilning yanvarigacha Qaragʻandaning „Shaxtyor“ klubi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.

Manbalar

Havolalar

Lyakhov.kz Qayrat jamoasi 2008-yil

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Xonqa klubi futbolchilari