Marokashdagi zilzila – 2023-yil 8-sentabrda Marokashning Marokash-Safi mintaqasida sodir boʻlgan 6,8 magnitudali (Mw) zilzila. Zilzila epitsentri Marokashdan 71,8 km janubi-gʻarbda, Atlas togʻlaridagi Ukaymeden changʻi kurort zonasi yaqinida joylashgan.

Tarixi

2023-yil 8-sentabr kuni Marokashda mahalliy vaqt bilan soat 23:11 lar atrofida (9 sentabr, Toshkent vaqti bilan 03:11) 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, uning episentri Marrakesh-Safi mintaqasidagi Igil tumanida joylashgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 18,5 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan, magnitudasi esa 6,8 ballni tashkil qilgan.

Talofatlar thumb|260px|Zilzila epitsentri Zilzila natijasida 2122 kishi vafot etdi, 2059 kishi jabrlandi.

Hamdardlik

Baxtsiz hodisa munosabati bilan Marokash qiroli Muhammad VI mamlakatda uch kumlik motam eʼlon qildi.

Zilzila munosabati bilan Marokash qiroli Muhammad VIga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi. Shuningdek, RF prezidenti Vladimir Putin, Saudiya Qirolligi hamda BAA rahbarlari ham Marakash hukumatiga hamdardlik bildirishdi.

Galereya

Yana qarang

Agadir zilzilasi Turkiya—Suriya zilzilasi

Manbalar

Turkum:Marokashdagi zilzilalar Turkum:2023-yil voqealari Turkum:8-sentyabr voqealari