Fyodor Sergeyevich Novikov (; 1927-yil 4-aprelV nekotorix istochnikax ukazivaetsya 2 marta i 27 aprelya. – 2008-yil 25-avgust) rossiyalik professional futbol murabbiyi va futbolchisi.
SSSR sport ustasi (1951), RSFSR (1980) va O‘zbekiston SSR (1990) da xizmat koʻrsatgan murabbiy. 1948—1958-yillarda SSSR chempionatining „A“ toifasida Kuybishevning „Krilya Sovetov“ jamoasida oʻynagan. U Moskvaning „Spartak“ jamoasida murabbiy boʻlib ishlagan. Bosh murabbiy K. Beskovga yordam bergan birgalikdagi hamkorlik davrida jamoa ikki marta SSSR chempioni boʻlgan va besh marta ikkinchi oʻrinni egallagan.
Faoliyati Chexov shahrida futbol sir-asrorlarini oʻrganishni boshlagan. 1941-yilda Fyodor oilasi Kuybishevga koʻchib oʻtdi va u yerda mahalliy „Zarya“ klubida oʻynay boshladi. Undan oldin u akrobatika, changʻi sporti va bandi oʻynash bilan jiddiy shugʻullangan.
1942-yilda hali yosh Novikov Kuyboshev shahridagi zavodda dastgohda ishladi va bir necha yil davomida pulemyotlar uchun murvatlarni qayta ishladi.
Urushdan keyin u RSFSR chempionatida oʻynagan „Mehnat zahiralari“ safida bir muddat oʻynadi. „Mehnat zahiralari“ jamoasidan „Krilya Sovetov“ klubiga taklif qilindi. Yangi jamoasi safida oʻsha vaqtda sovet futbolining elitasida oʻynadi. Novikovning asosiy jamoadagi debyutimi 1948-yil 12-iyunda yangi jamoasi tarkibida Moskvaning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻz maydonida oʻtkazilgan gʻalabali uchrashuvida boʻlib oʻtdi. 1949-yil 25-sentyabrda u Xarkovning „Lokomotiv“ darvozasiga birinchi golini urdi.
1950-yildan asosiy jamoaning oʻyinchisiga aylandi. Oʻsha yili „Krilya Sovetov“ SSSR kubogi yarim finaliga chiqdi. 1951-yilda jamoa SSSR chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi va Novikov „Sport ustasi“ unvonini oldi. Ikki yil oʻtib Kuybishevliklar Kubok finaliga yoʻl olishdi, ammo Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻlishdi.
Umuman olganda, Novikov „Krilya Sovetov“ safida 11 mavsum oʻtkazdi. U SSSR chempionatidagi soʻnggi oʻyinini 1958-yil 19-oktyabrda Donetskning „Shaxtyor“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Shundan soʻng u bir muddat oʻrinbosarlar tarkibida oʻynadi, soʻngra „Ufa Stroitel“ jamoasiga yoʻl oldi va oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi. Novikovning murabbiylik faoliyati Ufa klubida boshlangan.
1978-yilda Konstantin Beskov Novikovni Moskvaning „Spartak“ klubiga yordamchi boʻlishga taklif qildi. Ularning hamkorligi davomida jamoa ikki marta oltin medal (1979 va 1987), besh marta kumush va ikki marta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Novikovning murabbiylik isteʼdodining asosiy xususiyati seleksioner sifatida faol edi. Fyodor Rinat Dasayev, Stanislav Cherchesov va Fedor Cherenkov kabi kelajakdagi yulduzlarni kashf eta oldi.
Umrining soʻnggi yillarida u Moskvadagi „Krilya Sovetov“ klubining sport va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy boʻlib ishlagan.
Yutuqlar
Futbolchi
SSSR kubogi finalchisi: 1953
Murabbiy
SSSR chempioni: 1979, 1987, 1989 SSSR vitse-chempioni: 1980, 1981, 1984, 1985 SSSR chempionatining bronza medali sovrindori: 1982, 1986 SSSR kubogi finalchisi: 1981-yil SSSR futbol federatsiyasi kubogi gʻolibi: 1987-yil
Manbalar
Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:FC Neftyanik Ufa futbolchilari Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari