Aleksandr Rudolfovich Soy (1984-yil 9-oktyabr, Paxtakor, Paxtakor tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik aktyor, teatr va kino rejissyori, Rossiya teatr sanʼati instituti (GITIS) oʻqituvchisi.
Tarjimayi holi Aleksandr Soy 1984-yil 9-oktyabrda Paxtakor shahrida tugʻilgan. 1997-yil yanvarda Soy oilasi Toshkentga koʻchib keladi. 2001-yilda Estrada va sirk kollejining notiqlik yoʻnalishiga oʻqishga kiradi. 2003-yilda mazkur kollejni tamomlagan. 2007-yilda Toshkent sanʼat instituti rejissyorlik fakultetiga oʻqishga kiradi. Bu vaqtga kelib, Soy allaqachon Oʻzbekiston yoshlar teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritayotgandi. 2011-yilda GITISni tamomlaydi. 2016-yilda ssenariy mualliflari va rejissyorlar oliy kursini tamomlagan. 2017-yili GITISda rejissyorlik ixtisosligi boʻyicha magistr darajasini oladi. 2008-yilda Serpuxov shahrida Iosif Leonidovich Reyxelgauzning mahorat darslarida qatnashadi. Mahorat darslari oxirida Reyxelgauz Soyni GITISga taklif qiladi. 2009-yilda aktyor Moskvaga koʻchib oʻtadi va „Zamonaviy pyesa maktabi“da aktyor boʻlib ishlay boshlaydi. 2017-yildan GITISda dars beradi. 2010-yilda Aleksandr Soyning kinodagi debyuti Dmitriy Brusnikinning „Qonun va tartib“ serialida boʻladi. Kinodagi eng mashhur roli esa „Kolovrat haqida afsona“ () filmidagi Botuxon roli boʻlgan, bu film uchun akytor moʻgʻul tilini oʻrganib, biron marta filmda ruscha gapirmagan. 2013-yilda chiqqan „Urinish“ () qisqa metrajli filmi uning ilk rejissyorlik filmi boʻlgan. Teatrdagi birinchi rejissyorlikning ishi Termin Vox guruhi bilan birgalikda 2008-yilda yaratilgan „Aks“ () spektakl-kontserti boʻlgan. 2017-yilda Soy „Eng yaxshi… birinchi shaxsdan“ () qisqa metrajli filmini namoyish qildiradi. Film koʻplab mukofotlar va tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Film, shuningdek, koʻplab kinofestivallarda, jumladan, Italiyada boʻlib oʻtadigan 68-Montekatini kinofestivali, Bridge of Arts 2017 qisqa motivatsion filmlar roʻyxatiga kiritilgan. 2018-yilda GITIS talabalari bilan birgalikda Soy „Freyd“ spektaklini taqdim etadi, spektakl muvaffaqiyatga erishganidan keyin „Zamonaviy pyesa maktabi“ teatri repertuaridan joy oladi. 2018-yil 31-mayda spektakl Kalkutta shahrida boʻlib oʻtgan „Bratyajonʼs 7th International Theatre Festival“da oʻzining birinchi xalqaro gran-prisini qoʻlga kiritadi.
Shaxsiy hayoti 2011−2015-yillarda Soy teatr va kino aktrisasi Daniella Selitska bilan birga hayot kechirgan. 2012-yil noyabr oyida ularning Mark ismli oʻgʻli tugʻilgan. 2019-yil dekabr oyida Soy aktrisa Katerina Bekkerga uylangan.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik aktyorlar