Stanislav Vladimirovich Kulinchenko (1971-yil 19-aprelda tugʻilgan, Krasnogvardeyskaya, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) – rossiyalik gandbolchi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiada chempioni (2000). Hozirda u „Kuban“ (Krasnodar) ayollar gandbol klubi direktori.
Biografiyasi Stanislav Vladimirovich Kulinchenko 1971-yil 19-aprelda O‘zbekiston SSR Samarqand viloyati, Krasnogvardeyskoye qishlog‘ida tug‘ilgan. Ural davlat jismoniy tarbiya universitetini tamomlagan. U Polet (Chelyabinsk), Selye Pivovarna (Sloveniya), SKIF (Krasnodar), HC EMPOR (Rostok), TSG Bielefeld (ikkalasi Germaniya), Zagreb (Xorvatiya), Selje (Sloveniya), Magdeburg (Germaniya) HONDA Suzuka (Yaponiya), Superfund Hard (Avstriya) klublarida oʻynagan.
1990-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori (ushbu turnirda chempionatning eng yaxshi gandbolchisi deb topilgan). 1992-yilda Rossiya terma jamoasiga kelib qoʻshilgan. 1997-yil jahon chempioni boʻlgan. 2000-yil Sidneydagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni. 1999-yilgi jahon chempionati kumush medali sohibi, 1996-yilgi Yevropa chempioni va 1994-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori. 1999-yilgi Superkubok sohibi (Germaniya), 2000-yil Xorvatiya chempioni, 2000-yil Xorvatiya kubogi sohibi, 2001-yil Sloveniya chempioni, 2001-yil Sloveniya kubogi sohibi, 2002—2004-yillarda Yaponiya gandboll chempionatining 3 karra chempioni, 2005-yil Avstriya kubogi sohibi.
Stanislav Kulinchenko bir muddat Rossiya erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabida va FGR sport direktori lavozimida ishlagan. 2022-yildan boshlab Krasnodar shahridagi 9-sonli sport maktabining direktori.
Oilasi Stanislav Kulinchenkoning xotini Vladi Vainomis mashhur estoniyalik voleybolchi. Artyom ismli oʻgli va Masha, Katya ismli qizlari bor.
Mukofotlari
Doʻstlik ordeni (2000)
Manbalar
Adabiyotlar Кулинченко Станислав Владимирович // Большая олимпийская энциклопедия: В 2 т. / Автор-составитель В. Л. Штейнбах. — М.: Олимпия Пресс, 2006. Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:19-aprelda tugʻilganlar Turkum:Samarqand viloyati kishilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari