Yan Toples (haqiqiy ismi Yan Valerievich Lapotkov; 1987- yil 4-mart, Saransk, Mordoviya ASSR, RSFSR, SSSR) – rossiyalik videobloger va teleboshlovchi. „Toples“ YouTube kanalining asoschisii va egasi.
Biografiyasi Yan Lapotkov 1987-yil 4-martda Saranskda tugʻilgan. Bolaligidan kurash bilan shugʻullangan. Maktabdagi sevimli fanlari fizika va jismoniy tarbiya boʻlgan. Yan Toples Saransk shahridagi 38-sonli maktabni tugatib, harbiy kadetlar bilim yurti, soʻngra Moskva davlat kinematografiya universitetida tikuvchi va reklamachi mutaxassiligi boʻyicha oʻqigan.
15 yoshida maktabni tugatgandan soʻng, darhol Moskvaga joʻnab ketgan. Moskvada Yan varaqalar yetkazib beruvchi, ichki kiyim sotuvchisi, marketolog va video muharrir boʻlib ishlagan. Yan harbiy uchuvchi, tikuvchi va marketolog kasblarini egallashga harakat qiladi va Moskva davlat kinematografiya universitetining reklama fakultetida toʻliqsiz oliy maʼlumotga ega boʻladi. 2011-yilda Yan CarambaTV.ruda muharrir boʻlib ishga kiradi, u yerda Maxim +100500 epizodlarini tahrir qilgan, shuningdek, koʻrsatuv uchun ssenariylar yozadi, rejissyor va boshlovchi sifatida ishlaydi. Shu bilan birga, Vine platformasida qisqa videolarni suratga oli, oʻzining blogini yuritishga harakat qilib koʻrgan .
2013-yilda Yan YouTubedagi „Toples“ ilmiy-ommabop kanalining muallifi boʻladi.
Shaxsiy hayoti 2022-yilda Yekaterina Adaricheva bilan turmush qurgan.
Ijodiyoti Yan 2011-yilda oʻzining „Ya ne Kaspar“ deb nomlangan birinchi koʻngilochar loyihasini ishga tushiradi va unda faqat koʻngilochar kontentni joylab borgan, keyinchalik doʻstlari bilan videolarni suratga ola boshlaydi. „Toples“ asosiy kanali 2013-yilda yaratilgan. Unda Yan fizika, astronomiya, biologiya va boshqa fanlar, shuningdek, sanʼat, madaniyat va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mavzularda ommabop ilmiy videolarni joylab boradi. Yan koʻpincha oʻz videolarini mavzuga oid joylarda yozib oladi. Misol uchun, 2018-yil iyun oyida Ermitajda oʻzining relizi oʻtkazdi. 2021-yilda Yan TikTokda Topless kanalini ochadi.
Televideniyadagi faoliyati 2021-yil fevral oyida "Oryol i reshak " shousi 10-mavsumining boshlovchilaridan biriga boʻlgan va Nadya Sisoyeva bilan Panamaga borgan. 2021-yil avgust oyida Yan 2x2 telekanaliga taklif qilindi va u yerda „Toples TV“ dasturining muallifi va boshlovchisi boʻldi.
Boshqa loyihalarda ishtiroki 2016-yil 25-noyabrda Komsomolsk-na-Amur davlat universitetida „Instayunost 2016“ ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha Uzoq Sharq konferentsiyasida ishtirok etdi. 2017 va 2018-yillarda „Vidfest“ videoblogerlar festivalida ishtirok etgan. 2018-yil 24-mart kuni Krasnodardagi Kiberkon festivalida ishtirok etdi. 2017 va 2018-yillarda Kiyevdagi Videojara festivalida ishtirok etdi. 2018-yil 8-iyulda Rossiyaning Science Slam assotsiatsiyasi hamda Infratuzilma va taʼlim dasturlari fondi tomonidan tashkil etilgan birinchi butunrus Science Slam School tanlovining finalini oʻtkazgan. 2018-yil 15-sentyabrda Vidak xalqaro videoblogerlar festivalida ishtirok etdi. 2019-yil 15-martda Afisha tomonidan chop etilgan „10 soniyada bilib ol“ YouTube shousining 4 mavsumida birinchi gʻolibi boʻlgan boʻlib, Linkin Parkdan Mike Shinoda, Papa Roach guruhi, Dima Bilan va Ivan Dorn kabi musiqa yulduzlarini magʻlub etgan.
Reyting va mukofotlari 2017-yil 8-sentyabrda Vidfest festivalida „Layk za znaniya“ mukofotini oldi. 2019-yil 30-yanvarda YouTube jamoasi tomonidan tuzilgan ilmiy-ommabopr janrdagi 5 ta taʼlim kanali reytingida birinchi oʻrinni egalladi. 2019-yil 21-iyun kuni „Pyat kanalov Trubi, vedushchix molodyoj k nauke“ roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2020-yilda „Yilning onlayn taʼlim loyihasi“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan. 2020-yil 17-sentabrda „Prosvetitl. Digital“ mukofotini olgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:4-martda tugʻilganlar