Miles Teller (1987-yil, 20-fevralda tugʻilgan) amerikalik aktyor. U oʻzining badiiy filmdagi debyutini Rabbit Hole (2010 film) dramasida qilgan va kattalar uchun moʻljallangan The Spectacular Now (2013), „Divergent“ film trilogiyasidagi (2014-2016) Shailene Woodley bilan oʻynagan bosh roli uchun eʼtirofga sazovor boʻlgan. Uning „Whiplash“ (2014) dramasidagi bosh roli uning katta yutugʻi boʻlib xizmat qildi va uni maqtovga sazovor boʻldi. Keyinchalik u superqahramonlar boʻlgan film „Qoyilmaqom toʻrtlik“ (2015) and biografik film „War Dogs“ (2016) orqali yulduzlikka koʻtarildi.
Teller „Top Gun: Maverick“ (2022) mashhur jangovar filmida bosh rolni ijro etib, dunyo miqyosida muvaffaqiyat qozondi. Televizorda u Amazon Prime Video kriminal dramasi „Too Old to Die Young“ (2019) va Paramount+dagi „The Offer“ mini-serialida rol oʻynagan (2022).
Hayotining boshlangʻich davri Teller Pennsylvaniada tugʻilgan. Otasi Michael, atom elektr stansiyasi muhandisi va onasi Merry, koʻchmas mulk boʻyicha agent. Uning ikkita opasi bor: Erin and Dana. Uning otasi tomonidan bobosi rus-yahudiylar naslidan edi va shuningdek, uning avlodlari ingliz-amerikan and irland-amerikanlarni ham oʻz ichiga oladi. 12 yoshida oilasi Citrus County, Florida ga koʻchishidan oldin Teller bolaligini Pennsylvania va Delawareda oʻtkazadi. U ulgʻashish mobaynida aktyorlik bilan shugʻullanib borgan, oʻrta maktabi drama klubining prezidenti boʻlgan va alto saksafon, baraban, pianino va gitara chala olgan.
Shuningdek, u beysbolni yaxshi oʻynagan va professional boʻlishni orzu qilgan. U Lecanto, Floridadagi Lecanto High Schoolni bitirgan .
Keyinchalik, u New York University Tisch School of the Arts maktabiga boradi; u yerda, Lee Strasberg Theatre and Film Instituteda u aktyorlik va Stonestreet Studios bilan sahna harakatlarni oʻrganadi. U 2009-yil drama boʻyicha bakalavrlik (BFA) ni yoqlaydi.
2007-yil Teller tezlikda ketayotgan va boshqaruvni yoʻqotgan bir mashinaning yoʻlovchilari orasida boʻlgan va u mashina sakkiz martta agʻradilgan. Uning yuzida bu halokatdan koʻplab chandiqlar qolgan.
Ijodi thumb|Teller, San Diego Comic-Con, 2015-yil thumb|Teller Divergent film premyerasida, 2014-yil mart Teller 2004-2010-yillar mobaynida qisqa filmlarda paydo boʻladi. 2009-yilda Tisch School of the Artsni bitirganidan soʻng u oʻzining asosiy, debyut kinosini Nikol Kidman uni rol uchun tanlagan „Rabbit Hole“ (2010) filmida qildiYamato, Jen (November 8, 2010). Miles Teller on Rabbit Hole, Nicole Kidman and Cutting Footloose. Movieline. Teller oʻrta maktabda „Footloose“ musiqiy sahna koʻrinishida rol oʻynagan va keyinchalik, 2011-yilda qayta shu nomda yaratilgan „Footloose“ filmida ham paydo boʻladiDurbin, Jonathan (2011) Miles Teller. Interview. 2013-yilda u Shailene Woodley bilan birgalikda „21 & Over“ Weinstein, Joshua L. (12-sentaybr, 2023-yil). Miles Teller Joins Relativity’s '21 and Over.' The Wrap va „The Spectacular Now“ filmlarida roʻl ijro etadi. Soʻng Damien Chazellening ikkinchi filmi „Whiplash“da (2014) Teller oʻzining qoʻpol jaz oʻqituvchisini (J. K. Simmons) hayratda qoldirmoqchi boʻlgan barabanchi rolini oʻynaydi va bu uni "Gotham Independent Film Award for Best Actor", "Satellite Award for Best Actor – Motion Picture", "BAFTA Rising Star Award" yutuqlari nomzodlari orasiga kirishiga sababchi boʻladi.
Teller Divergent filmidagi (2014) va uning davomlari Insurgent (2015) hamda Allegiantdagi (2016) Peter Hayes roli orqali yanada taniladi. Shuningdek, „Qoyilmaqom toʻrtlik“ filmidagi „Mister Fantastic“(2015) va „War Dogs“ filmida qurol sotuvchisi Devid Pakuzni oʻynaydi (2016). U 5 oy davomida „Bleed for This“ biografik filmidagi bokschi Vinny Paz rolini shakllantirish uchun mashq qiladi (2016).
2017-yilda u inson biografiyasiga asoslangan „Only the Brave“ va „Thank You for Your Service“ filmlarida roʻl oʻynadi. 2020-yil noyabrda Tellerning „The Fence“ nomli siyosiy satirada rol oʻynashi eʼlon qilindi. 2021-yil sentyabrda Teller produser Albert S. Ruddy rolini oʻynashi kerak boʻlgan „Choʻqintirgan ota“ filmi yaratilishi haqidagi „The Offer“, „Paramount+“ mini-seriallaridagi suratga olish jarayonlari Covid tufayli vaqtinchalikka toʻxtagani aytiladi. Mini-seriallar 2022-yilning aprelidan iyunigacha davom etadi. 2021-yil noyabrda u Taylor Swiftning Blake Lively rejissorlik qilgan „I Bet You Think About Me“ musiqasi klipida paydo boʻladi.
2022-yil Top Gun: Maverick filmida rol oʻynadi. U dastlab Tom Kruz bilan bir qatorda yirik filmda suratga tushishi mumkin boʻlgan muvaffaqiyat va eʼtibordan qoʻrqqanligi sababli rolni qabul qilishda ikkilangan edi. Keyin uni bu taklifni qabul qilishiga va u rol uchun juda mos ekanligiga Kruzning oʻzi ishontiradi. 2022-yil mayda Miles Tellerning taʼkidlashicha, u oʻz personajiga bagʻishlangan keyingi filmni studiyaga taqdim etgan. Aktyor bu filmni "Top Gun:Rooster" deb atagan. Oʻsha yilning iyuliga kelib, u Tom Kruz bilan davomiy film boʻyicha munozaralar olib borayotganini aytdi. Mashhurlik va qoʻllab-quvvatlashga kelsak, Teller bu tajriba ajoyib boʻlganini aytadi va „men hayotimda hech qachon bunday narsani boshdan kechirmaganman“ deydi. Teller 2022-yilda Saturday Night Live koʻrsatuvining 48-mavsumining ochilishida oʻzining boshlovchilik debyutini qildi va 2023-yilda „Super Bowl LVII“ telekoʻrsatuvida Teller, uning rafiqasi va ularning iti Bud Light reklama roligida rol oʻynashadi va ular unda mijozlarga xizmat koʻrsatish vakilining ular bilan gaplashishini qoʻyilgan musiqa ostida raqsga tushib kutish bilan vaqt oʻtkazishadi .
Shaxsiy hayot alt=Miles Teller in 2014|thumb|Teller in 2014 2013-yildan beri u model Keleigh Sperry bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Ular 2017-yil 20-avgustda Janubiy Afrikadagi „Madikwe Game Reserve“ hududiga boʻlgan sayohatda birga boʻlishadi. 2019-yil 1-sentyabrda Maui, Hawaiida turmush qurishadi.
Kino sanoati
Film YiliNomiRoliQaydlar2010Rabbit HoleJason2011FootlooseWillard Hewitt2012Project XMiles (College Jock)2013The Spectacular NowSutter Keely21 & OverMiller2014WhiplashAndrew NeimanThat Awkward MomentDanielDivergentPeter HayesTwo Night StandAlec2015The Divergent Series: InsurgentPeter HayesFantastik toʻrtlikReed Richards / Mister Fantastic2016The Divergent Series: AllegiantPeter HayesGet a JobWill DavisWar DogsDavid PackouzBleed for ThisVinny Pazienza2017Only the BraveBrendan „Donut“ McDonoughThank You for Your ServiceAdam Schumann2022Top Gun: MaverickBradley „Rooster“ BradshawSpiderheadJeff2024The Ark and the AardvarkGilbertYaratilish jarayonidaTBAThe GorgeLeviFilmga olinmoqda {| class="wikitable sortable"
Televideniya YiliNomiRoliQaydlar2009The UnusualsJames BoorlandEpizod: „Boorland Day“2019Too Old to Die YoungMartin JonesMini-seriyalar; 10 epizod2022The OfferAlbert S. RuddyMini-seriyalar; 10 epizod2022Saturday Night LiveHimself (host)Epizod: „Miles Teller/Kendrick Lamar“
Qisqa filmlar YiliNomiRoliQaydlar2004MoonlightersMiles2007A Very Specific RecipeLee2008The MusiciansMiguel2010The Track MeetAndrew
Musiqa kliplari YiliNomiRoliSanʼatkorQaydlar2021I Bet You Think About MeGroomTaylor Swift Chris Stapleton rolidaBlake Lively rejissorlik qilgan
Mukofotlar va nominatsiyalar Yili Mukofot KategoriyaMehnati Natija 2011 Chlotrudis mukofotlari Eng zoʻr yordamchi aktyor Rabbit Hole (2010 film)|Rabbit Hole 2013Sundance Film FestivaliSpecial Jury Prize, dramatik aktyorlik uchun (Shailene Woodley bilan birgalikda) The Spectacular NowIndiana Film Journalistlar AssotsatsiyasiEng zoʻr aktryor MTV Movie mukofotiEng zoʻr boʻsa (Shailene Woodley bilan birgalikda)Eng zoʻr muvaffaqiyatli ijroNapa Vodiysi Film Festivali Rising Star mukofoti (Dianna Agron bilan birgalikda) Tellerning oʻzi 2014Chlotrudis mukofotlari Eng zoʻr aktyor The Spectacular Now CinEuphoria mukofotlari Eng zoʻr yordamchi aktyor – Xalqaro musobaqa Rabbit Hole Georgia kino tanqidchilari uyushmasi Muvaffaqiyat mukofoti 21 & OverThe Spectacular Now BAFTARising Star mukofoti WhiplashGotham Independent Film mukofotlariEng zoʻr aktyor MTV Movie mukofotlariEng zoʻr erkak ijrosi#WTF lahzasiEng zoʻr musiqa lahzasiSatellite mukofotlariEng zoʻr aktyorGolden Schmoes mukofotlari Yilning eng muvaffaqiyatli ijrosi 2015CinemaCon mukofotiAnsambl mukofoti (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda)Fantastic Four Teen Choice mukofotlariTeen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchunThe Divergent Series: InsurgentChlotrudis mukofotlari Eng zoʻr aktyor Whiplash Gold Derby mukofotlari Muvaffaqiyatli ijrochi 2016 Golden Raspberry mukofotlariEng yomon ekran kombinatsiyasi (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda) Fantastic Four Indiana Film Journalistlar assotsatsiyasi Eng zoʻr aktyor Bleed for This Teen Choice mukofotlariTeen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchunThe Divergent Series: Allegiant 2022 Hollywood Tanqidchilar Assotsatsiyasi Midseason Film mukofoti Eng zoʻr yordamchi aktyor Top Gun: Maverick Peopleʼs Choice mukofotlari 2022-yilning Erkak kino yulduzi
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik aktyorlar