YouTube shtab-kvartirasi San-Brunoda (Kaliforniya) joylashgan Amerika video almashish veb-saytidir. Lady Gaganing 2009-yildagi „Bad Romance“ videoklipidan beri „eng koʻp koʻrilgan YouTube videolari“ roʻyxatining eng yuqori pogʻonalarida faqat musiqiy videolar egallab kelmoqda. Ilgari eng koʻp koʻrilgan videolarning baʼzilari hozirda saytda mavjud emas.

2005-yilning noyabrida braziliyalik futbolchi Ronaldinho ishtirokidagi Nike reklamasi 1 000 000 koʻrilgan birinchi video boʻldi. 2012-yil dekabr oyida Gangnam Style videosi 1 milliardga yetgan (shu paytgacha hech qaysi video 1 mlrdga yetmagan edi). 2022-yil 13-yanvarda Pinkfongning „ Baby Shark“i 10 000 000 000 koʻrishlar soniga erishgan birinchi video boʻldi.

Koʻrishlar soni videoning necha marta tomosha qilinganligini bildiradi. Trafik skriptlar yoki boshqa aldamchi usullar emas, balki haqiqiy odamlar tomonidan kelishini taʼminlash uchun YouTube haqiqiy koʻrishlarni haqiqiy boʻlmagan koʻrishlardan ajratish uchun maxfiy algoritmga ega va koʻrishlar soniga faqat haqiqiy koʻrishlar kiradi. Xususan, haqiqiy koʻrishlar sonini hisoblash uchun foydalanuvchi videoni tinglashni boshlashi va videoning kamida 30 soniyasini koʻrishi kerak. Bundan tashqari, takroriy koʻrishlar koʻrishlar sifatida hisobga olinsa-da, 24 soatlik muddat davomida har bir IP manzili uchun 4 yoki 5 koʻrish chegarasi mavjud, shundan soʻng 24 soatlik muddat tugaguniga qadar ushbu IPdan boshqa koʻrishlar hisobga olinmaydi.

Eng koʻp koʻrilgan videolar Quyidagi jadvalda YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan 30 ta video roʻyxati keltirilgan. Ayrim mamlakatlardagi mintaqaviy cheklovlar tufayli baʼzi videolar butun dunyo boʻylab mavjud boʻlmasligi mumkin. +Eng koʻp koʻrilgan YouTube videolari 30 taligiVideo nomiYuklovchiKoʻrishlar soni (milliardda)Chiqarilgan sanasi1.„Baby Shark Dance“Pinkfong Baby Shark – Kids' Songs & Stories13.2917.06.20162.„Despacito“Luis Fonsi8.2512.01.20173.„Johny Johny Yes Papa“LooLoo Kids – Nursery Rhymes and Childrenʼs Songs6.788.10.20164.„Bath Song“Cocomelon – Nursery Rhymes6.382.10.20185.„Shape of You“Ed Sheeran6.0730.01.20176.„See You Again“Wiz Khalifa6.016.04.20157.„Wheels on the Bus“Cocomelon – Nursery Rhymes5.5324.05.20188.„Phonics Song with Two Words“ChuChu TV Nursery Rhymes & Kids Songs5.476.03.20149.„Uptown Funk“Mark Ronson5.0219.11.201410.„Learning Colors – Colorful Eggs on a Farm“Miroshka TV4.9627.02.201811.„Gangnam Style“officialpsy4.8815.07.201212.„Masha va ayiq – Falokat uchun retsept“Get Movies4.5631.01.201213.„Dame Tu Cosita“Ultra Records4.435.04.201814.„Axel F“Crazy Frog4.0416.06.200915.„Sugar“Maroon 53.9314.01.201516.„Counting Stars“OneRepublic3.8631.05.201317.„Roar“Katy Perry3.865.09.201318.„Baa Baa Black Sheep“Cocomelon – Nursery Rhymes3.7625.06.201819.„Waka Waka (This Time for Africa)“Shakira3.714.06.201020.„Sorry“Justin Bieber3.7022.10.201521.„Lakdi Ki Kathi“Jingle Toons3.6714.06.01822.„Thinking Out Loud“Ed Sheeran3.657.10.201423.„Dark Horse“Katy Perry3.5820.02.201424.„Humpty the train on a fruits ride“Kiddiestv Hindi – Nursery Rhymes & Kids Songs3.54 26.01.201825.„Perfect“Ed Sheeran3.539.11.201726.„Faded“Alan Walker3.513.12.201527.„Let Her Go“Passenger3.5025.07.201228.„Girls Like You“Maroon 53.4731.05.201829.„Lean On“Major Lazer Official3.4522.03.201530.„Bailando“Enrique Iglesias3.4511.04.20142023-yil 2-sentyabr holatiga koʻra

Manbalar