Shihobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy (taxminan 1145 – 1234) fors so‘fiy va Abu Najib Suhravardiyning jiyani edi. U amakisi Abu Najib Suhravardiy tomonidan asos solingan so‘fiylik tariqatini kengaytirgan va uni rasmiylashtirishga erishgan shaxs hisoblanadi. Suhravardiy tasavvufda durdona asar sifatida e’tirof etiladigan “Avorif al-maorif”ning muallifidirMedieval Islamic Civilization: An Encyclopedia (2006), p. 775 .
Hayot Suhravardiyning nasabi xalifa Abu Bakrga borib taqaladi. Suhravardiy yoshligidan fiqh, mantiq, ilohiyot, Qur’on va hadis ilmlarini o‘rgangan. U yoshligida shofeiy va hanbaliy mazhablarini puxta o‘zlashtirgan. Suhravardiy abbosiy xalifa Nosir tomonidan shayxulislom etib tayinlangan
“Avorif al-Maorif” Suhravardiy “Avorif al-maorif” asarini yozgan. “Avorif al-maorif” tezda butun musulmon olamida tasavvufga oid eng mashhur kitoblardan biriga aylanganMedieval Islamic Civilization: An Encyclopedia (2006), p. 776.. Ushbu kitob Genri Uilberfors-Klark tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan va 1891-yilda “Darvesh darsligi” (A Dervish Textbook) nomi bilan nashr etilgan, ammo bu tarjima uchun asos bo‘lgan forscha matn noto‘g‘ri berilgan bo‘lishi mumkin. Tarjima 1980-yilda Octagon Press tomonidan qayta nashr etilgan.
Galereya thumb|maqbara
Manbalar:
Turkum:Sunniy soʻfiylar Turkum:1234-yilda vafot etganlar Turkum:1145-yilda tugʻilganlar