José Venancio López Hierro (, 1964-yil 27-iyun, Bilbao) – ispaniyalik sobiq futzalchi va Ispaniya futzal terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi. 2023-yil 20-sentyabrdan Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyiO‘zbekiston futzal milliy terma jamoasini endi ispaniyalik mutaxassis boshqaradi.

Faoliyati Lopes deyarli butun futbolchilik faoliyatini vatani Bilbaoning Lehona klubida oʻtkazdi. 80-yillar oxirida u jamoaning futbolchi-murabbiyi boʻlgan va futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng butunlay murabbiylikka oʻtgan. Lejonadan keyin u Bilbao va Kastroga ustozlik qilgan, keyin esa bir muddat Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan.

2007-yilda Lopes Ispaniya terma jamoasini Xaver Lozano oʻrniga boshqargan edi. Tayinlanganidan ikki oy oʻtgach, u 2007-yilgi Yevropa chempionatida jamoani chempionlikka olib keldi. 2008-yilgi jahon chempionatida u boshqargan ispanlar kumush, 2010-yilgi Yevropa chempionatida esa yana chempion boʻlishdi. 2023-yil 20-sentyabrdan Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyi

Murabbiylik yutuqlari 2008-yilda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati kumush medali sovrindori Futzal boʻyicha UEFA chempioni (2): 2007, 2010 2000-yilda futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Yevropa chempionati chempioni Futzal boʻyicha qitʼalararo kubok chempioni: 2000 División de Honor de Futsal LNFS chempioni: 1998/99 Ispaniya kubogi chempioni (3): 1999, 2000, 2006 Futzal boʻyicha Ispaniya Superkubogi (3): 1999, 2000, 2001 Kubok egalari kubogi sohibi: 2007

Manbalar

Havolalar Xose Venansio Lopes Yerro futzal sayyorasida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispaniyalik erkak futzalchilar Turkum:Ispaniyalik futzal murabbiylar Turkum:Oʻzbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiylari