Oligomenorreya – hayz koʻrish oraliqlarining uzoq boʻlishi bilan ifodalanadi. Aniqroq aytganda, bu menstrual siklning 35 kundan ortiq vaqt oraligʻida, yiliga atigi toʻrtdan toʻqqiztagacha sodir boʻlishithefreedictionary.com > oligomenorrhea This dictionary is citing Gale Encyclopedia of Medicine. 2008. Oligomenorreyada menstrual sikllar oraligʻidagi muddat turlicha boʻlishi mumkin.

Sabablari Oligomenorreya prolaktinomalar (gipofiz oldingi boʻlak adenomalari) natijasi boʻlishi mumkin. Bunga tirotoksikoz, menopauza davridagi gormonal oʻzgarishlar, Prader-Villi sindromi va Graves kasalligi sabab boʻlishi mumkin.

Yugurish yoki suzish kabi chidamlilik mashqlari ayol sportchilarning reproduktiv fiziologiyasiga taʼsir qilishi mumkin. Ayol yuguruvchilar, suzuvchilar va balet raqqosalari ham oʻz yoshdagi sportchi boʻlmagan ayollarga nisbatan kam hayz koʻradilar yoki amenoreyani boshdan kechiradilar. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, ozgʻinlik yoki maʼlum bir vaznga eʼtibor qaratadigan sport turlari bilan shugʻullanadigan sportchilarda, bularga kamroq eʼtibor qaratadigan sport bilan shugʻullanadigan sportchilarga qaraganda, hayz koʻrish disfunksiyasining koʻproq uchrashi kuzatiladi.

Koʻkrak suti bilan boqishda hayz davrining tartibsizligi ovulyatsiyani kechiktiradigan gormonlar taʼsiri bilan bogʻliq.

Tuxumdon polikistozi sindromi boʻlgan ayollarda ham oligomenorreya boʻlishi mumkin.Tuxumdon polikistozi sindromi – bu tuxumdonlar tomonidan ortiqcha androgenlar (erkak jinsiy gormonlar) ajralib chiqadigan holat. Bu sindrom bilan ogʻrigan odamlarda oligomenorreya va amenoreyadan tortib, juda ogʻir, tartibsiz boʻlgan hayz davrining buzilishigacha kuzatiladi. Bu holat premenopauzal ayollarning taxminan 6%ida kuzatiladi.

Ovqatlanish buzilishlari ham oligomenorreyaga olib kelishi mumkin. Hayz koʻrishning buzilishi nervoz anoreksiya bilan bogʻliq boʻlsa-da, nevroz bulimiya ham oligomenorreya yoki amenoreyaga olib kelishi mumkin.

Yana qarang

Amenoreya: hayz koʻrishning butunlay toʻxtashi Menorragiya: noodatiy ogʻir menstrual sikllar

Manbalar

Turkum:Ginekologiya