Viki yodgorliklarni sevadi () – har yili sentyabr–oktyabr oyida oʻtkaziladigan yillik xalqaro fotosuratlar tanlovi boʻlib, butun dunyo boʻylab Vikipediya hamjamiyati aʼzolari tomonidan mahalliy Vikimedia filiallari yordamida tashkil etiladi. Ishtirokchilar oʻz mintaqasidagi mahalliy tarixiy yodgorlik va meros obyektilarni suratga oladi va Wikimedia Commonsga yuklaydi. Tadbirning maqsadi odamlarni ushbu yodgorliklarni suratga olishga undash va ulardan nafaqat Vikipediyada, balki hamma joyda qayta foydalanishi mumkin boʻlgan bepul litsenziyaga qoʻyish maqsadida ishtirokchi mamlakatlarning meros obyektlarini ommalashtirishdir.

Birinchi Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi 2010-yilda Niderlandiyada sinov loyiha sifatida oʻtkazilgan. Keyingi yili u Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaldi va Guinness rekordlar kitobiga koʻra, Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi eng yirik fotografiya tanlovi boʻyicha jahon rekordini yangiladiGuinness World Records, Largest photography competition, 2012.. 2012-yilda tanlovda Yevropadan tashqaridagi davlatlar ham, jami 35 ta davlat ishtirok etdi. Viki yodgorliklarni sevadi 2012 davomida tarixiy obidalarning 350 000 dan ortiq fotosuratlari 15 000 dan ortiq ishtirokchilar tomonidan yuklangan. 2013-yilda Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi olti qitʼada, jumladan, Antarktidada ham boʻlib oʻtdi va unda dunyoning ellikdan ortiq mamlakati rasmiy ishtirok etdi. 2016-yilgi Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi UNESCO tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va 43 mamlakatdan 10 700 ishtirokchi 277 000 ta fotosurat taqdim etdi.

2023-yildan buyon Oʻzbekiston ham ushbu tanlovda ishtirok etib kelmoqda.

Gʻoliblar Quyida Viki yodgorliklarni sevadi xalqaro tanlovi mukofot sovrindorlari roʻyxati keltirilgan: Yil Fotograf Davlat Tavsif2010Rudolphous NiderlandiyaVijzelstraat 31 Amsterdamdagi shahar2011Mihai Petre Ruminiya Chiajna monastirining qishgi rasmi. Monastir Buxarestning chekkasida joylashgan.2012Pranav Singh HindistonSafdar Jang maqbarasi, Nyu-Dehli, Hindiston2013David Gubler ShveysariyaRhB Ge 4/4 II surish-tortish poyezdi Wiesen va Filisur, Shveysariya oʻrtasidagi Wiesen viyadukini kesib oʻtadi.2014Konstantin Brizhnichenko UkrainaSvyatohirsk lavrasi, Sviatohirsk, Ukraina.2015Marco Leiter GermaniyaVesterhevers va dengiz chiroqlari2016Ansgar Koreng GermaniyaBerlindagi viloyat sudining kirish zali, Germaniya2017Prashant Khatore HindistonPunadagi Xandoba ibodatxonasi2018Alireza Akhaghi EronShayx Lutfulloh masjidi2019Marian Naworski PolshaStawiszyndagi tashlab ketilgan Evangelist cherkovi2020Farzin Izaddoust dar EronSohroldagi Avliyo Ioann cherkovi2021Donatas Dabravolskas BrazilyaReal Gabinete Português de Leitura 2022Kriengsak Jirasirirojanakorn TailandBangkokdagi Buyuk saroy devori tashqarisida velosiped haydab ketayotgan erkak

Spin-offlar

Viki yodgorliklarni sevadi tanloviga asoslangan bir nechta spin-offlar mahalliy va xalqaro miqyosda Vikimedia harakati doirasida tashkil etilgan. Ular, odatda, Viki yodgorliklarni sevadi asoslariga amal qiladilar va asosan ularning doirasi va baʼzi qoidalardagi oʻzgarishlarda farqlanadi. 2013-yil bahorda, Ukrainada, asosiy maqsadi Ukrainadagi tabiiy meros obyektlarini suratga olishga va keyinchalik ularni Wikimedia Commonsga yuklashga qaratilgan fotosuratlar tanlovi Viki yerni sevadi () tashkil etilganNagorodjeno peremojsіv konkursu „Vіkі lyubit Zemlyu“ , Ukrainian Internet Association.. Bir necha oy oʻtgach, Wikimedia Shvetsiya va Europeana ommaviy sanʼat asarlaridan olingan fotosuratlar sonini koʻpaytirish maqsadida iki Loves Public Art nomli foto tanlovini boshladi. Loyiha besh mamlakatda tashkil etilgan va natijada 9250 dan ortiq fotosuratlar yuklanganInternational Winners of Wiki Loves Public Art 2013 , Europeana, 31 July 2013.. 2013-yil kuzida Shimoliy Makedoniyada meros obyektlari, taomlar, kiyim-kechak, gobelenlar, hunarmandchilik, raqslar va anʼanaviy madaniyatning boshqa elementlarining fotosuratlarini yushurishni maqsad qilgan Wiki Loves Cultural Heritage fotografik tanlovi tashkil etildiIzbor na naјdobrite fotografii na natprevarot na Vikimediјa za Makedoniјa , Utrinski vesnik, 26 December 2013..

Qarang Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi Vikimedia Commonsda Viki yodgorliklarni sevadi 2010-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2011-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2012-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2013-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2014-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2015-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2016-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2017-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2018-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2019-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2020-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2021-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2022-yilgi gʻoliblar Viki yodgorliklarni sevadi 2023-yilgi gʻoliblar

Manbalar

Havolalar „Viki yodgorliklarni sevadi“ tanlovi Ginnes rekordlar kitobida – dunyodagi eng yirik foto tanlov

Turkum:Vikipediya Turkum:Tanlovlar Turkum:Viki yodgorliklarni sevadi Turkum:Loyihalar