Qotur ( , shuningdek, Qaţţur va Qoţţur sifatida romanlashtirilgan ; Ghatur, Kotur, Kutur va Qutur nomi bilan ham atash mumkin)  – Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon viloyati, Xoy tumanidagi Qatur tumanidagi shahar va uning markazi hisoblanadi. 1878-yildagi Berlin shartnomasidan soʻng Qatur Usmonlilar imperiyasidan olib Eronga topshiriladi .

Shahar nomi turkiy tilda (Qotur) it va echkilarda juda koʻp uchraydigan kasallik nomidan kelib chiqqanligi haqida qarashlar bor va bu hududdagi iliq suv buloqlari kasallikni davolash, oldini olish, alomatlarini yengillashtirishga yordam bergan . Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bu hududda yashovchi odamlar dastlab kurd boʻlmagan, balki Turkiyaning boshqa qismlaridan koʻchib kelgan aholi boʻlgan.

2006-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloq boʻlganida, uning aholisi 652 xonadonda 3962 kishi edi . 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda esa 1000 ta xonadonda 4663 kishi bor edi, bu vaqtga kelib qishloq shahar maqomiga koʻtarilgan edi Official News Bulletin .2016-yildagi soʻnggi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1193 ta xonadonda 5147 kishi istiqomat qilishi koʻrsatiladi. Bu shahar Eron-Turkiya chegarasiga tutashgan boʻlib, unda asosan Shakak qabilasining kurdlari yashaydi .

Iqlimi Dengiz sathidan 1,961 m (6,433 fut) balandlikda joylashganligi sababli, Qatur sovuq va moʻtadil kontinental Oʻrta yer dengizi iqlimiga ega (Köppen : Dsb). Qishlari sovuq va nam, yozi esa issiq va uzoq vaqtgacha quruqroq davom etadi. Qoturda oʻrtacha yillik harorat 6,9 °C (44,4 °F). Bu yerda yiliga taxminan 414 mm (16,3 dyuym) yogʻingarchilik boʻlib turadi.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Gʻarbiy Ozarbayjon ustoni shaharlari Turkum:Gʻarbiy Ozarbayjon ustonidagi kurd manzilgohlari