Zachary William "Bill" Dess, sahna nomi bilan Two Feet (1993-yil 21-iyunda tugʻilgan) — Nyu-York shahridan chiqqan amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va prodyuserdir. U Nyu-Jersi shtatining Tenafly shahridagi Tenafly oʻrta maktabida tahsil olgan.
Zachary Dess Two Feet nomi bilan ijod qilishni boshlashdan oldin, mahalliy darajada jazz va blyuz ansambllarida ishtirok etib kelganTwo Feet biography at Allmusic. Uning "Go Fuck Yourself" nomli singli SoundCloud platformasida keng tarqalib, ommalashganidan soʻng, u Republic Records bilan shartnoma imzoladi. Bu singl USA Hot Rock Songs chartida 36-oʻrinni egalladi. Keyingi singli "I Feel Like I'm Drowning" 2018-yilda AQShning Alternative Songs chartida birinchi oʻrinni egalladi. 2018-yil 5-oktabrda Two Feet oʻzining "A 20 Something Fuck" deb nomlangan debyut albomini chiqardi, bu albomda "I Feel Like I'm Drowning" va "Hurt People" singllari ham joy olgan. 2020-yil 13-martda u ikkinchi albomi "Pink"ni, 2021-yil 16-aprelda esa uchinchi albomi "Max Maco Is Dead Right?"ni chiqardi. 2022-yil 13-mayda u toʻrtinchi albomi "Shape & Form"ni taqdim etdi. Diskografiya
Studiya albomlari
A 20 Something Fuck (2018) Pink(2020) Maks Maco Is Dead Right? (2021) Shape & Form (2022)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Republic Records ijrochilari