Bahçeşehir Universiteti (turkcha: Bahçeşehir Üniversitesi) – Istanbulda joylashgan vaqf universitetidir.  Turkiya Buyuk Millat Majlisi 1998-yilda Bahcheshehir Ug‘ur Ta’lim Jamg‘armasi tomonidan Bahçeşehir universitetining tashkil etilishiga ruxsat berdi. Koʻp oʻtmay (1998-yilning fevral oyida) Kaliforniya shtatidagi San-Diego Davlat Universiteti bilan akademik va strategik shartnoma imzoladi. 1999-2000-oʻquv yilida 1-bosqich imtihonidan soʻng birinchi talabalar qabul qilindi. Universitet Turkiyadagi ingliz tilida ta’lim beradigan oʻquv yurtlaridan biri va shuning uchun hujjat topshirayotgan talabalar ingliz tilini yuqori darajada bilishi kerak.

Universitet 11 ta fakultet, 1 ta til maktabi va 2 ta kasb-hunar maktabidan tarkib topgan.  Bahcheshehir Universitetida 1358 nafar akademik 25480 nafar talabaga taʼlim bermoqda. Shuningdek uning Istanbulda 6 ta kampusi bor. 1400 kvadrat metr hajmga ega universitet kutubxonasida 250000 nashr kitob va elektron kitoblar mavjud. 1200 kishilik sigʻimga ega konferensiya zali ham mavjud.

Bahçeşehir Ug‘ur taʼlim tashkiloti Turkiya boʻylab 35 ta bolalar bogʻchasi, 18 ta boshlangʻich maktab, 47 ta oʻrta maktab va 117 ta maxsus taʼlim markazlariga ega.

Reytinglar va xalqaro eʼtirof

U Turkiyaning eng yaxshi vaqf universitetlaridan biri hisoblanadi va Times Higher Education 2023 maʼlumotlariga koʻra Turkiyaning eng yaxshi 5 ta universitetlari qatoriga kirgan.

Universitetning Turkiyadan tashqarida 7 ta kampusi bor. AQShda 2 ta (Vashington va Boston), Kanadada 1 ta (Toronto), Italiyada 1 ta (Rim), Germaniyada 1 ta (Berlin), Gruziyada 1 ta (Batumi) va Xitoyda 1 ta (Gonkong). Shuningdek universitet 193 dan ortiq xalqaro hamkorlarga ham ega. Hamkorlari orasida Garvard Universiteti kabi dunyoga mashhur universitetlar ham bor.

Akademik birliklar Fakultetlar

Huquq fakulteti

Iqtisodiyot, maʼmuriy va ijtimoiy fanlar fakulteti

Aloqa fakulteti

Arxitektura va dizayn fakulteti

Muhandislik va tabiiy fanlar fakulteti

Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti

Tibbiyot fakulteti

Stomatologiya fakulteti

Farmatsevtika fakulteti

Konservatoriya

Pedagogik fanlar fakulteti.

Havolalar

Rasmiy sayt

Manbalar

Turkum:Istanbul Turkum:Turkiyadagi universitetlar