Quds Mohajer 10 ( ) - Eronning jangovor uchuvchisiz uchish apparati ilk bor 2023-yilda ommaga taqdim qilindi. Uning ishlash diapazoni 2000 km bo'lib, samolyot korpusi MQ-9 Reaper bilan tashqi ko'rinishi jihatidan o'xshash. Apparat 24 soatlik parvoz qila olish qobilyatiga ega hamda o'zi bilan 300 kilogramgacha bo'lgan o'q-dori va elektron uskunalarni tashiy oladi. U 2023-yilning avgust oyida Eron Prezidenti Ibrohim Raisi va Mudofaa vaziri Muhammad-Reza Gharaei Ashtiani ishtirokida rasman ochilish marosimi o'tkazildi.

Ochilish marosimida " Mohajer 10 " 6 ta havodan-yerga mo'ljallangan o'q-dorilar, jumladan, Almas raketasi, Gaem bombasi va Dastvareh/Arman-1 suzuvchi bombalari bilan jihozlangan bo'lgan. Isroil telekanalining da'vo qilishicha, uchuvchisiz samolyotning birinchi sinow vaqtida Isroilning Dimona shahri ibroniy tilida yozilgan "bunkerlaringizni tayyorlang" degan xabar bilan tahdid qilingan. Ammo Eron teleradiokompaniyasining hisoboti va Eron Mudofaa va qurolli kuchlar logistikasi vazirligining rasmiy taqdimot tizerida Isroil haqida hech qanday havola keltirilmagan. Biroq internetdagi nomaʼlum manbalardan olingan plakatda Eron bayrogʻi tushirilgan MQ-9 Isroil yadroviy qurollarini ishlab chiqarishning muhim markazi bo'lgan Negev yadroviy markazi ustidan Fors va ibroniy tillaridagi " Tosh davriga sayohatga tayyor bo'ling " sarlavhasi bilan uchib o'tgan.

Mohajer 9 va Mohajer 7 ishlab chiqarilish jarayonida va ular haqida hech qanday rasmiy ma'lumot e'lon qilinmagan. Mohajer 8 go'yoki Mohajer 6 ning yangilangan shakli bo'lib, so'nggi rusumi Iroq, Suriya va Ukraina kabi turli mamlakatlarda faoliyat ko'rsatgan. Uchuvchisiz uchuvchi samolyot Islom Inqilobiy Gvardiya korpusi Harbiy-dengiz kuchlari, Quruqlikdagi kuchlari va Eron armiyasi quruqlikdagi qo'shinlari so'rovlariga asosan ishlab chiqilgani aytilgan.

Tavsif Uning yoqilg'i hajmi 450 litrni hamda tezligi 210 km/soat bo'lib, U 7 kilometrgacha balandlikda ucha oladi.

Islom Respublikasi axborot agentligi ma'lumotlariga ko'ra, "Mohajer 10" kuzatuv va elektron hujum qilish qobiliyatiga ega bo'lib, u 210 km/soat tezlikgacha ucha oladi va 300 kilogramgacha turli xil qurollarni bir vaqtning o'zida tashiy oladi.

Shuningdek

Kaman 22 (UAV)

Manbalar

Turkum:Qiruvchi samolyotlar Turkum:Razvedka usullari