Gozinaki (, talaffuzi [ɡozinaqi]) yongʻoq aralashtirilgan karameldan, odatda yongʻoqni asalda qovurish natijasida hosil boʻladigan gruzin qandolatchilik mahsulotidir. Gruziyaning gʻarbiy Imereti va Racha provinsiyalarida uni baʼzan „churchxela“ deb atashgan, bu nom koʻproq ipga tizilgan, oq uzum sharbatiga botirilgan, keyin esa quritilgan yongʻoqlarga nisbatan qoʻllanadi. Gruziyaning bir qancha qishloq joylarida yongʻoq va asal juda qadrlanadi. Qadimgi anʼanaga koʻra, Gozinaki maxsus tantanali kunlar uchun tayyorlanadi. Yangi yil va Rojdestvo bayramlari dasturxonining koʻrki hisoblanadi.

Sanoat darajasidagi „kozinak“ Karamelga oʻxshash mahsulotlar va urugʻlar yoki yongʻoqlardan tayyorlangan, tuz yoki shakar bilan qoplangan turli xil ziravorlar, ruscha taʼrifga koʻra, „kozinak“ deb atasa ham boʻladi. Rossiyada eng keng tarqalgan „kozinak“ tozalangan kungaboqar urugʻlari va pekmez bilan tayyorlanadi. Baʼzida konsistensiyasi oʻxshash boʻlgan kunjut konfeti ham „kozinak“ deb ataladi („kozinak s kunzhutom“)https://33recepta.ru/deserty/kozinaki-iz-kunzhuta/ Kozinaki iz kunzhuta (literally „g/kozinaki made of sesame seed“)..

Rus tilida „gozinak(i)“ imlosidan koʻra „kozinak“ imlosi afzalroq hisoblanadi.

Manbalar

Yana oʻqing

Ani Dekanosidze (2007-yil 14-dekabr) Gozinaki: Yangi yil bayrami uchun asalni qaynatib oling. Bugun Gruziya.

Turkum:Taomlar Turkum:Qandolatchilik Turkum:Gruziya oshxonasi