Shotis puri yoki oddiygina shoti () anʼanaviy gruzin nonining bir turi boʻlib, oq undan tayyorlanadi va koʻrinishi kanoega oʻxshaydi. Shoti tone yoki torne/turne (eski gruzincha) deb ataladigan oʻziga xos novvoyxonada pishiriladi. U tandirga oʻxshab ketadi. Non boshqa nonlar kabi yeyiladi, lekin u Pasxa, Rojdestvo va Yangi yil kabi maxsus bayramlarda, shuningdek, tugʻilgan kunlar va toʻylarda koʻproq iste’mol qilinadi. Anʼanaviy yumaloq shaklli gʻisht yoki loydan yasalgan pechning ichki qismiga uzun xamir boʻlaklari yopishtirib pishirilganligi sababli u pishirish usulidan oʻziga xos shaklni oladi.
Yana qarang
Tonis puri Naan
Manbalar
Turkum:Gruziya oshxonasi Turkum:Nonlar Turkum:Yupqa nonlar