Andrea Coscelli (1969-yil 11-fevralda tugʻilgan) – iqtisodchisi va biznesmen hisoblanib, Keystone Strategy kompaniyasining hamkori va Yevropa boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritadi.
Taʼlim Coscelli 1969-yilning 11-fevralida Parma provinsiyasining Emilia-Romagna shahrida tugʻilgan.Coscelli bakalavr darajasini Italiyaning Bocconi Universitetida tamomlagan. U iqtisod yoʻnalishi boʻyicha PhD darajasini Stanford Universitetida tamomlagan. Stanford universitetini tamomlagandan soʻng, Coscelli oʻz vatani Italiyaga qaytish oʻrniga Birlashgan Qirollikga koʻchib oʻtishni tanlagan. Coscelli 2006-yilda Time jurnaliga bergan intervyusida Italiyada insonning oʻz sohasidagi muvaffaqiyatini malakasi emas, siyosat belgilaydi, degan fikrga asoslanib koʻchishga qaror qilganini taʼkidlagan va „bizda asosiy meritokratiya va avlodlar almashinuvi etishmayapti“ deb aytgan.
Faoliyati Coscelli 2003-yilda „The Association of Competition Economics“ (ACE) notijorat tashkilotiga asos solgan boʻlib, uning asosiy vazifasi hukumat, akademiya va xususiy sektorda ishlayotgan raqobatbardor iqtisodchilarni siyosat va muhim vaziyatlarni muhokama qilish uchun bir joyga yigʻish boʻlgan. He previously held roles at Ofcom, as director of economic analysis and Charles River Associates, as vice president (partner) in the firm’s competition practice in London. U dastlab, Ofcom kompaniyasida iqtisodiy tahlillar boʻlimi direktori va „Charles River Associates“ kompaniyasining Londondagi raqobat amaliyoti boʻyicha vitse-prezidenti kabi lavozimlarda ishlagan.
Mukofotlari Coscelli was appointed Commander of the Order of the British Empire (CBE) in the 2020 New Year Honours for services to competitive markets. Coscelli 2020-yilgi yangi yil taqdirlash marosimida raqobatbardosh bozorlarga qoʻshgan xissalari uchun „Commander of the Order of the Empire“ (CEB) ordenini qoʻlga kiritgan.
2019-yilda Coscelli Business Insider nashrining Britaniya texnologiyalarini shakllantirishga xissa qoʻshgan 100 ta eng nufuzli insonlar roʻyxatida 81-oʻrinni egallagan va bunga CMA (Competitiona and Markets Authority) ni Deliveroo kompaniyasi ulushlarini Amazon tomonidan sotib olinishi ustidan oʻtkazgan tekshiruvlari sabab boʻlgan.
2019-yilda CMA (Competitiona and Markets Authority) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish doirasida 16 ta mashhur taʼsir doirasiga ega boʻlgan shaxslarga oʻzlarining ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi postlarida noqonuniy reklamani toʻxtatish boʻyicha qoʻllangan qonuniy choralari uchun Coscelli Influence Weekly jurnalining „ Influencer Marketing dagi 100 ta eng nufuzli odamlar“ roʻyxatida 33-oʻrinni egallagan.
Manbalar
Turkum:Britaniyalik siyosatchilar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Raqobat (iqtisodiyot) Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar