Quvayt iqtisodiyoti neftga asoslangan boy iqtisodiyotdir. Quvayt dunyodagi eng boy davlatlardan biridir„GDP per capita, PPP (current international $)“, World Development Indicators database , World Bank. Database updated on 14 April 2015.GDP – per capita (PPP), The World Factbook, Central Intelligence Agency.Economic Outlook Database, October 2015, International Monetary Fund . Database updated on 6 October 2015.. Quvayt dinori dunyodagi eng qimmat valyuta birliklaridan biridir. Jahon bankiga koʻra, Quvayt jon boshiga yalpi milliy daromad boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda turadi.

Energiya

Neft va tabiiy gaz 1934-yilda Quvayt amiri Anglo-Persian Oil Company (keyinchalik British Petroleum Company) va Gulf Oil Corporation kompaniyalari birgalikda egalik qiladigan Kuwait Oil Co. (KOC) kompaniyasiga neft konsessiyasini bergan. 1976-yilda Quvayt hukumati KOCni milliylashtirdi.

Kuwait Petroleum Corporation (KPC), xalqaro integratsiyalashgan neft kompaniyasi, hukumatning neft sohasidagi operatsiyalariga mas’ul boʻlgan bosh kompaniya hisoblanadi va Kuwait Oil Company, neft va gaz ishlab chiqarish; Quvayt Milliy Neft Kompaniyasi, qayta ishlash va ichki savdo; Petrochemical Industries Co., ammiak va karbamid ishlab chiqarish; Kuwait Foreign Petroleum Exploration Co., rivojlanayotgan davlatlardagi bir qancha konsessiyalarga ega; Quvayt Neft Tanker Kompaniyasi; va Santa Fe International Corp. ni oʻz ichiga oladi. 1982-yilda toʻliq sotib olingan Santa Fe KPCga global neft sanoatida ishtirokni taʼminlaydi.

KPC, shuningdek, Gulf Oil Co.dan Benelux mamlakatlari va Skandinaviya mintaqasida neftni qayta ishlash zavodlari va xizmat koʻrsatish stantsiyalarini, shuningdek Italiyadagi omborxonalar va xizmat koʻrsatish stansiyalari tarmogʻini sotib oldi. 1987-yilda KPC British Petroleumning 19% ulushini sotib oldi, keyinchalik bu ulush 10% ga tushirildi. KPC Yevropada oʻz mahsulotlarini Q8 brendi ostida sotadi va AQSh va Yaponiya bozorlariga qiziqish bildiradi.

Quvaytda taxminan 94 milliard barrel (14.9 km³) neft zaxirasi mavjud. Urushdan avvalgi kunlik quvvat taxminan 2.4 million barrel (380×103 m³/kuni) edi. Iroq bosqini paytida Quvaytning neft ishlab chiqarish quvvati deyarli nolga tushdi. Ammo, bu holatdan keyin katta tiklanish va yaxshilanishlar amalga oshirildi. 1992-yil oxirida neft ishlab chiqarish kuniga 1.5 million barrel (240×103 m³/kuni) edi va urushdan oldingi quvvat 1993-yilga kelib qayta tiklandi. Quvaytning ishlab chiqarish quvvati kuniga taxminan 2.5 million barrel (400×103 m³/kuni) deb aytiladi. Quvayt oʻz quvvatini 2005-yilga kelib kuniga 3.5 million barrel (560×103 m³/kuni) ga oshirishni rejalashtirmoqda.

Kuwait Vision 2035 doirasida Quvayt oʻzini global neft-kimyo sanoati markaziga aylantirishn maqsad qilgan. Al Zour neftni qayta ishlash zavodi Yaqin Sharqdagi eng katta neft zavodi hisoblanadi. Al Zour neftni qayta ishlash zavodi Quvayt-Xitoy hamkorligidagi loyiha boʻlib, Bir kamar – Bir yoʻl tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari Kuwait Vision 2035 doirasida Quvayt oʻzining eng katta energiya parki Shagaya Renewable Energy Parkni ishga tushirdi, bu parkda konsentrlangan quyosh energiyasi, quyosh fotoelektrik va shamol elektr stansiyalari mavjud . Park toʻrt bosqichdan iborat boʻlib, uning quvvati 4,000 MVt ni tashkil etishi moʻljallangan. Bu park dunyodagi eng katta qayta tiklanuvchi energiya parklaridan biri boʻladi.

Poʻlat ishlab chiqarish Poʻlat ishlab chiqarish Quvaytning ikkinchi yirik sanoati hisoblanadi. United Steel Industrial Company (KWT Steel) Quvaytning asosiy poʻlat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlib, u Quvaytning barcha ichki bozor talablarini qondiradi (ayniqsa qurilish sohasida). Quvayt poʻlat mustaqilligiga erishgan davlatdir.

Qishloq xoʻjaligi 2016-yilda Quvayt sabzavotlar bilan oʻzini-oʻzi taʼminlash darajasi 49.5%, goʻsht bilan 38.7%, sut bilan 12.4%, mevalar bilan 24.9%, va donlar bilan 0.4% ni tashkil etgan. Quvayt umumiy hududining 8.5% qishloq xoʻjaligi yerlaridan iborat boʻlib, sugʻoriladigan yerlar umumiy hududning 0.6% ni tashkil etadi. Tarixan, Jahra qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan hudud boʻlgan. Hozirgi kunda Jahra hududida turli fermer xoʻjaliklari mavjudFarmers of Jahra.

2017-yilda qishloq xoʻjaligi (shu jumladan baliqchilik) yalpi ichki mahsulotning qariyb 0.4 foizini tashkil etdi. Iqtisodiy faol aholining taxminan 4 foizi qishloq xoʻjaligida ishlaydi, ularning deyarli barchasi chet elliklar. Fermer xoʻjaliklarining koʻpchiligi investorlar tomonidan boshqariladi. 2014-yilda jami qishloq xoʻjaligi yer maydoni 1,521 kvadrat kilometrni tashkil etdi.

Cheklangan suv va sugʻoriladigan yerlar qishloq xoʻjaligi sanoatining ogʻriqli nuqtalaridir. Yaqinda hukumat gidroponika uslubida ishlaydigan fermer xoʻjaliklarida oziq-ovqat yetishtirish tajribasini oʻtkazdi. Biroq, janubi-markaziy Quvaytda qishloq xoʻjaligiga yaroqli boʻlgan koʻpchilik tuproq yerlari Iroq askarlari hududdagi neft quduqlariga oʻt qoʻyganda va „neft koʻllari“ni yaratganda vayron boʻlgan. Baliq va qisqichbaqalar hudud suvlarida moʻl-koʻl boʻlib, yirik tijoriy baliqchilik mahalliy va Hind okeani suvlarida amalga oshiriladi.

Moliya Quvayt GCC (Koʻrfaz hamkorlik kengashi) davlatlari ichida moliya sohasida yetakchilik qiladi. Amir Quvaytning iqtisodiy rivojlanish doirasida moliya sanoatiga alohida eʼtibor qaratishni taʼkidlagan.

Quvaytning moliya sohasidagi tarixiy ustunligi (Koʻrfaz monarxiyalari orasida) 1952-yilda National Bank of Kuwaitʼning tashkil etilishidan boshlanadi. Bu bank Koʻrfazdagi birinchi mahalliy ochiq aksionerlik kompaniyasi boʻlgan. 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Quvaytda Koʻrfaz kompaniyalari aksiyalari bilan savdo qiluvchi muqobil fond bozori, Souk Al-Manakh, paydo boʻldi. Oʻzining choʻqqisida, bozor kapitalizatsiyasi boʻyicha Buyuk Britaniya va Fransiyadan oldinga oʻtib dunyoda AQSh va Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinda turardi.

Quvaytda katta boyliklarni boshqarish sanoati mavjud. Quvayt investitsiya kompaniyalari GCC davlatlari ichida, Saudiya Arabistonidan tashqari, har qanday boshqa davlatnikidan koʻra koʻproq aktivlarni boshqaradi. Quvayt Moliya Markazi hisob-kitoblariga koʻra, Quvayt firmalari GCCdagi boshqarilayotgan jami aktivlarning uchdan biriga egalik qiladi.

Quvaytning moliya sohasidagi nisbiy kuchi uning fond bozoriga ham taʼsir qiladi. Koʻp yillar davomida Quvayt birjasida roʻyxatga olingan barcha kompaniyalarning umumiy qiymati Saudiya Arabistonidan tashqari, har qanday boshqa GCC birjasinikidan ancha katta boʻlgan. 2011-yilda Quvayt birjasi umumiy kapitalizatsiyasining yarmidan koʻpini moliya va bank kompaniyalari tashkil etgan; Koʻrfaz davlatlari orada, Quvayt moliya sektori kompaniyalari kapitalizatsiyasi umumiy hisobda Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi oʻrinda edi. Soʻnggi yillarda, Quvayt investitsiya kompaniyalari oʻz aktivlarining katta qismini chet elda investitsiya qilmoqda va xorijiy aktivlarning qiyati ichki aktivlarnikidan ancha katta.

Quvayt Arab Iqtisodiy Rivojlanish Fondi orqali boshqa davlatlarga tashqi iqtisodiy yordamning asosiy manbasi hisoblanadi. Ushbu avtonom davlat tashkiloti 1961-yilda Gʻarb va xalqaro rivojlanish agentliklari andozasi asosida yaratilgan. Yillar davomida Misr, Suriya va Iordaniya, shuningdek Falastin Ozodlik Tashkilotiga yillik yordam koʻrsatgan. 1974-yilda fondning kredit berish vakolati butun dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab olish uchun kengaytirildi.

Zaxira fondlari Kuvayt Investment Authority (KIA) Quvaytning suveren zaxira fondi boʻlib, xorijiy investitsiyalar bilan shugʻullanadi. KIA dunyodagi eng yoshi katta suveren zaxira fondi hisoblanadi. 1953-yildan boshlab Quvayt hukumati investitsiyalarni Yevropa, AQSh va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga yoʻnaltirib keladi. 2021-yilda fondning aktivlari qariyb 700 milliard dollarga baholangan. U dunyodagi uchinchi yirik suveren zaxira fondi hisoblanadi.

KIA ikkita fondni boshqaradi: Umumiy zaxira fondi (GRF) va Kelajak avlodlar fondi (FGF). GRF hukumatning asosiy gʻaznachisi hisoblanadi. U davlatning barcha daromadlarini oladi va barcha xarajatlar ushbu fonddan qoplanadi. KIA moliyaviy aktivlarini ommaga oshkor etmaydi, ammo 2014-yil fevral holatiga koʻra, KIAda taxminan 410 milliard dollarlik aktivlar mavjud.

KIA koalitsiya xarajatlari va urushdan keyingi qayta qurish uchun toʻlovlarni amalga oshirishda Quvayt hukumatining asosiy kapital manbai boʻlgan. 1990-yildan avval KIAning qiymati 100 milliard dollar edi, ammo Koʻrfaz urushidan keyin KIA mablagʻlari 40-50 milliard dollarga tushib qoldi.

2023-yilning iyul oyida Quvayt Kuwait Investment Authority (KIA) bilan hamkorlikda yangi suveren fond, Ciyadani yaratishni rejalashtirdi. Fondning qiymati aniq boʻlmasa-da, hozirda 800 milliard dollardan ortiq aktivlarni boshqarayotgan KIA ushbu fondni boshqarishda muhim rol oʻynaydi. Fondning maqsadi Quvayt iqtisodiyotini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy diversifikatsiyani ragʻbatlantirish uchun yirik loyihalarni moliyalashtirishdir.

Kelajak avlodlar fondi Kelajak avlodlar fondi (FGF) 1976-yilda umumiy zaxira fondidan oʻsha vaqtdagi 50% mablagʻni oʻzlashtirish orqali tashkil etilgan. FGF kelajak avlodlar uchun jamgʻarma hisoblanadi. Har yili davlat daromadlarining 25% fondga oʻtkaziladi.

FGFning barcha aktivlari xorijda investitsiya qilinadi, taxminan 75% AQSh va Yevropada, qolgan qismi esa asosan Xitoy va Hindiston kabi rivojlanayotgan bozorlarga kiritiladi.

Manbalar

Turkum:Quvayt Turkum:Quvayt iqtisodiyoti Turkum:Davlatlarga koʻra iqtisodiyotlar