9M123 Xrizantema (, NATO hisobot nomi AT-15 Springer) – Rossiyaning tankga qarshi boshqariladigan raketasi (ATGM) hisoblanadi. Xrizantema asosan jangovar tanklar bilan kurashish uchun moʻljallangan hamda vertolyotlar kabi sekin va past uchadigan havo nishonlarini urish tushirish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Rivojlanishi Xrizantema tankga qarshi raketasi 1996-yil iyul oyida Konstruktorskoye Byuro Mashinostroyeniya (KB Mashinostroyeniya – KBM) muhandislik-konstruktorlik byurosi tomonidan taqdim etilgan. Raketa 1980-yillarda ishlab chiqila boshlangan va har qanday ob-havo sharoitida, koʻp maqsadli raketa tizimi sifatida ishlab chiqilgan. U portlovchi reaktiv zirh (ERA) kabi ilgʻor zirhli himoya bilan jihozlangan tanklarni magʻlub eta oladi. Xrizantema 9K114 Shturm va 9M120 Ataka-V kabi rus armiyasida xizmat qilgan turli xil tankga qarshi raketalar turlari ham bor. Tizim Rossiya Qurolli Kuchlariga 2005-yilda xizmatga kirgan.
Tavsifi 9M123 raketasi tovushdan tez tezlikka ega boʻlib, oʻrtacha tezlikda ucha oladi. shuningdek 400 dan 6000 metrgacha masofadagi nishonlarni zararsizlantirish xususiyatiga ega. Xrizantema Rossiyaning tankga qarshi boshqariladigan raketalari orasida noyob hisoblanadi, chunki raketa turiga qarab u lazer yoki radar yordamida boshqarilishi ham mumkin. Raketa lazer yordamida boshqarilayotganda nishonga qarab uzluksiz lazer nurlari berib boriladi va raketa orqa qismidagi sensor raketaga lazer nurini nishonga olib borish imkonini beradi. Har bir raketa tandem zaryadli yuqori portlovchi tankga qarshi kallakka ega (HEAT). left|thumb| BMP-3 ning 9P157-2 „Khrizantema-S“ varianti Hozirda raketa 9P157-2 Khrizantema-S tank esminetsidan, Mi-28 Havoc hujum vertolyotidan va Ka-52 Alligator hujum vertolyotidan uchiriladi. Ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, uchta 9P157-2 tanklar, 14 ta hujumchi tankni oʻqqa tuta oladi va hujum qiluvchi kuchning kamida oltmish foizini yoʻq qila oladi. Ikki tomonlama boshqaruv tizimi elektron qarshi choralardan himoya qilish va barcha iqlim sharoitida, kechayu kunduzda ishlashini taʼminlaydi. thumb|400x400px| Koʻk rangdagi 9M123 operatorlari hisoblanadi
Raketaning modernizatsiya qilingan versiyasi sinovlari 2016-yilda yakunlangan. Yangilangan versiyada lazer masofa oʻlchagichli IIR/TV koʻrish moslamasi, oʻzgartirilgan radarni boshqarish tizimi, kengaytirilgan maxfiylik lazer nurlarini boshqarish kanali, avtomatlashtirilgan jangovar boshqaruv uskunalari toʻplami va 9M123 raketasi uchun yanada kuchli jangovar kallak oʻrnatilgan.
Operatorlari Joriy operatorlar
– 14 ta raketa tizimi – 50 ta raketa tizimi
Manbalar
Turkum:Rossiyaning tankga qarshi boshqariladigan raketalari Turkum:Rossiyaning sovuq urushdan keyingi qurollari