George Mosson (, 1851-yil 2-fevral, Aix-en-Provence – 1933-yil 3-sentyabr, Berlin) – kelib chiqishi fransuz boʻlgan nemis rassomi. Asosan gulli natyurmortlar, shuningdek, peyzaj va portretlari bilan mashhur boʻlgan.
Biografiyasi Mosson 1851-yil 2-fevralda Fransiya janubidagi Aix-en-Provence shahrida tugʻilgan. Rassom 14 yoshida, yaʼni 1865-yilda Berlinga keladi va u yerda maktabdagi taʼlimini tugatgan. Uning rassomchilikdagi taʼlimi dastlab Berlin akademiyasida Carl Steffeck va Hermann Freese murabbiyligida boshlangan, keyinroq Veymar sanʼat maktabiga oʻqishga kiradi. 1884-yildan boshlab Mosson Berlinda oʻz koʻrgazmalarini oʻtkazgan.
1933-yil 3-sentyabrda Mosson Berlinda vafot etgan. Nemis rassomlari uyushmasi aʼzosi.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar Rudolf Pfefferkorn: Die Berliner Secession: Eine Epoche Deutscher Kunstgeschichte. Haude & Spenersche Verlagsbuchhandlung, Berlin 1972; ISBN 3-7759-0150-7
Turkum:1933-yilda vafot etganlar Turkum:3-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1851-yilda tugʻilganlar Turkum:2-fevralda tugʻilganlar Turkum:Rassomlar