Stephen Pierce Hayden Duggan (1870-yil 20-dekabr, New York shahri – 1950-yil 18-avgust, Stamford, Connecticut) – AQSH olimi hamda pedagogi.

Tarjimai holi Stephen New York shahar kollejida (CCNY) tahsil olgan. Bu kollejda 1896-yili bakalavriatni tugatgandan soʻng, Columbia universitetida aspiranturada oʻqish davomida dars berishni boshlagan. Soʻngra 1902-yili ushbu universitetda PhD darajasini olgan. U CCNYda tarix fani professori hamda 1906-yildan boshlab tarix fakulteti dekani boʻlgan.

Duggan 1919-yilda Nobel mukofoti laureatlari Elihu Root va Nicholas Murray Butler bilan birgalikda Council on Foreign Relations nomli xalqaro universitetga asos solgan. Universitetning birinchi rahbari lavozimiga Duggan tayinlangan (1946-yilgacha).

Oilasi Duggan New Yorkdagi White Plains negro farovonlik ligasining direktori boʻlgan Sarah Alice Elsesserga uylangan.

Ularning oʻgʻli Lorens Duggan iqtisodchi va Davlat departamenti xodimi boʻlib, Sovet davlatiga agentlik qilganlikda gumonlanganAllen Weinstein and Alexander Vassiliev, The Haunted Wood: Soviet Espionage in America – The Stalin Era (2000) pp 3-21..

Ishlari

Sharq masalasi: Diplomatiyani oʻrganish (1902) "Tarix fanidan talabalar uchun darslik" (1916) Millatlar Ligasi: prinsip va amaliyot (1919)

Manbalar