1-G6 sammiti — 1975-yil 15-17-noyabr kunlari Fransiyaning Rambuye shahrida ilk bor boʻlib oʻtgan sammit. Sammit uchrashuvlari Parij yaqinidagi Château de Rambouillet shahrida oʻtkazilganJapan, Ministry of Foreign Affairs (MOFA): Summit Meetings in the Past..

Avval katta oltilik sanoati rivojlangan eng boy mamlakatlar: Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar rahbarlarini birlashtirgan norasmiy forum ediSaunders, Doug. "Weight of the world too heavy for G8 shoulders," Globe and Mail (Toronto). 5 July 2008 – n.b., the G6 becomes the Group of Seven (G7) with the addition of Canada starting in 1976; and the G7 becomes the Group of Eight (G8) with the inclusion of Russia starting in 1997, reverting to the Group of Seven (G7) after the suspension of Russia in 2014..

Keyinchalik yillik yigʻilishlar seriyasiga aylangan sammit katta yettilik (G7) va katta sakkizlik (G8) sammitlari oʻlaroq davom etdi.

Sammitda ishtirok etgan rahbarlar Ishtirokchilar

Ushbu sammit ishtirokchilari oʻzlarini sanoati rivojlangan mamlakatlar forumining vakili deb hisoblashganRieffel, Lex. "Regional Voices in Global Governance: Looking to 2010 (Part IV)," Brookings. 27 March 2009; "core" members (Muskoka 2010 G-8, official site). :

G6 sammiti ishtirokchilariMezbon davlat va yetakchisi qalin matn bilan koʻrsatilgan. Aʼzolar Vakil Lavozimi Lavozimni egallagan vaqti Fransiya Valéry Giscard d'Estaing Prezident 1974-yil, May Gʻarbiy Germaniya Helmut Schmidt Kansler 1974-yil, May Italiya Aldo Moro Bosh vazir 1974-yil, Noyabr Yaponiya Takeo Miki Bosh vazir 1974-yil, Dekabr Birlashgan Qirollik Harold Wilson Bosh vazir 1974-yil, Mart Qoʻshma Shtatlar Gerald Ford Prezident 1974-yil, Avgust

Koʻrib chiqilgan masalalar

Sammit uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish hamda iqtisodiy qarorlar qabul qilishda bir birlariga yordam berish imkoniyati sifatida koʻrilganReinalda, Bob and Bertjan Verbeek. (1998). Autonomous Policy Making by International Organizations, p. 205.. Sammitda 1930-yillardan keyin boʻlgan eng jiddiy barqarorlik haqida muzokaralar boʻlib oʻtdiStewart, Heather and Larry Elliott. "Hopes fading for salvation at the summit," The Guardian (London). 22 March 2009..

Sammitda koʻrilgan masalalar quyidagilardan iborat edi: Jahon iqtisodiyoti boʻyicha izlanish va samarali fikr almashish; Demokratik davlatlarning siyosiy va iqtisodiy vazifalari; Oʻzaro bogʻliqlikning oʻsishi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; Inflyatsiya va energetika inqirozlari; Ishsizlik va iqtisodiy tiklanish; Jahon savdosining oʻsishiga yordam berish; Pul barqarorligi; Koʻp tomonlama savdo muzokaralari; Sovet Ittifoqi va Sharqiy blok bilan iqtisodiy aloqalar; Hamkorlik munosabatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarni qoʻllab quvvatlash; Xalqaro-iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi; Xalqaro tashkilotlar orqali hamkorlik.

Galereya

Yana qarang G8

Manbalar

1975