Dora Biro — inson xulq-atvorini oʻrganuvchi biolog hamda Rochester universitetida inson miyasini tadqiq qilish boʻyicha professorhttp://www.sas.rochester.edu/bcs/people/faculty/biro_dora/index.html. Avval Oksford universitetida hayvonlarning xulq-atvorini oʻrganuvchi professor boʻlib ishlagan va Yaponiyaning Kioto universitetiga sut emizuvchilarni oʻrganuvchi professor sifati tashrif buyurgan. Biro ijtimoiy xulq-atvor, muammolarni hal qilish hamda qushlar va sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha oʻqigan. Taʼlimi Biro 1997-yil biologiya sohasi boʻyicha bakalavr diplomini olgach, hayvonlar xulq-atvorini oʻrganish boʻyicha doktorlik ishini Oksford universitetida yoqlaydi. Faoliyati Biro 2002—2003-yillarda Yaponiya ilm-fanni targʻib qilish jamiyatining doktorlikkacha boʻlgan izlanishlar guruhi aʼzosi boʻlgan. 2003—2006-yillarda Oksford universitetida muhandislik va fizika fanlari tadqiqot kengashiga aʼzo boʻlgan. 2007-yilda Yaponiyaning Kioto universitetiga sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha professor sifatida tashrif buyurgan. 2013-yilda Biro hayvonlar xulq-atvori boʻyicha Hug kollejida zoologiya fanidan professor sifatida dars oʻtib beradi. Tadqiqotlari Biro ijtimoiy xulq-atvor, muammolarni hal qilish hamda qushlar va sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha alohida guruhlarda taʼlim olgan. Keyinchalik zamon bilan hamnafas boʻlib shimpanzelarning yuz harakatlarini aniqlash boʻyicha sunʼiy intellektga aloqador izlanishlar olib borgan. Matematik modellashtirish, GPS kuzatuv akselerometrlarini ham hayvonlarga aloqador qismlari boʻyicha koʻplab izlanishlar olib borganhttps://www.smithsonianmag.com/innovation/how-scientists-are-using-robotic-animals-to-learn-about-real-ones-180979017/.
Manbalar
Turkum:Oksford universiteti Turkum:Zoologiya Turkum:Biolog olimlar Turkum:Yashayotgan insonlar