Aaron G. Frenkel (1957-yil 9-sentyabrda Isroilda tugʻilgan) – xalqaro tadbirkor, investor va xayriyachi.
Faoliyati Frenkel 1980-yillardan beri investitsiyalar, mol-mulk va koʻchmas mulk bilan shugʻullanadigan Loyd’s Group kompaniyasining egasi. U Loyd guruhini Markaziy va Sharqiy Evropada The Boeing kompaniyasi, Airbus SE, Gulfstream Aerospace, Agusta, Embraer va boshqalar kabi asosiy tijorat fuqaro aviatsiyasi sanoatining ishlab chiqaruvchi (OEM) vakili sifatida tashkil etgan . Kompaniya soʻnggi 25 yil davomida 35 milliard dollardan ortiq sarmoya va bitimlarda ishtirok etgani taxmin qilinmoqda. Frankel 2020-yilda Isroil koʻchmas mulk sektoridagi eng yirik va eng qadimgi kompaniyalardan biri boʻlgan Gav-Yam koʻchmas mulk kompaniyasida boshqaruvni qoʻlga kiritadi. 2021-yilning dekabr oyida esa Gav-Yamdagi mulkini Property & Building Korporatsiyasiga sotgan.
U Abu Dabidagi Mubadala Investment kompaniyasi bilan birga Oʻrta yer dengizidagi Tamar gaz konining 22% ulushini sotib olgan. Keyin bank sektoriga sarmoya kiritib, 2022-yilning iyun oyida Bank Leumining eng yirik xususiy aktsiyadoriga aylanadi (2,1%). Aoran Frenkel Yevro-Osiyo yahudiylari kongressi (EAJC) raisi, Butunjahon yahudiylar kongressi (WJC) vitse-prezidenti va Limmud FSU prezidenti hisoblanadiAaron Frenkel WJC Vice-President (EAJC).
Xayriyasi U sogʻliqni saqlash, farovonlik, toza atrof-muhit va taʼlim sohalarida xayriyachi.
Shaxsiy hayoti Frenkelning turmush oʻrtogʻi Maja Rut Frenkel boʻlib, ularning 5 ta farzandi bor.
Mukofot va eʼtiroflari Nikola Sarkozi tomonidan Fransiyaning Legion d’honneur mukofoti berilgan. Shimon Peres Isroil Davlati Prezidenti lavozimida ishlagan davrida Isroil prezidentlik konferentsiyasining raisi. Monako shahzodasi Albert II tomonidan Chevalier de L’ordre de Grimaldi faxriy medali taqdim etilgan. Butunjahon yahudiylar kongressi vitse-prezidenti . Yevro-Osiyo yahudiy kongressi boshqaruvi raisi. Xorvatiya Respublikasining Quddusdagi faxriy konsuli. Tel-Aviv sanʼat muzeyi aʼzosi. Tel-Aviv universiteti boshqaruv kengashi aʼzosi. Yakir Keren Hayesod mukofoti laureati.
Manbalar
Havolalar Record audience cheers on the Jewish Russian revival, timesofisrael Hebrew University unveils new statue of Albert Einstein on Jerusalem campus, The Jerusalem Post 6-mart, 2015-yil. Aaron Frenkel, Chairman of the Israeli Presidential Conference 2011-yil.
Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Bney Brakdagi odamlar Turkum:Isroillik ishbilarmonlar Turkum:Isroillik investorlar Turkum:Isroil xayrixohlari Turkum:Isroil yahudiylari