Rayhona binti Zayd () Islom dini paygʻambari Muhammadning soʻnggi ayoli boʻlgan va shuning uchun u „Umm-ul-Muʼminin“ (arabcha: أمّ المؤمنين, rom.:ʾumm al-muʾminīn), yaʼni „Moʻminlarning onasi“ hisoblanadi. Rayhona Banu Nodir qabilasidan boʻlgan yahudiy ayol boʻlib, 627-yilda (5-hijriy) Banu Qurayza voqeasidan keyin Islom dini paygʻambari Muhammad bilan turmush qurganRodinson, Muhammad: Prophet of Islam, p. 213. (online ).. Rayhonaning Muhammad bilan turmush qurgan yoki qurmaganligi baʼzida bahsli mavzu sifatida eʼtirof etiladi.
Biografiyasi Rayhona Banu Nodir qabilasida tugʻilgan va turmushga chiqqandan soʻng Banu Qurayza qabilasi aʼzosiga aylanganRahman al-Mubarakpuri, S. (2005). The Sealed Nectar. Darussalam: Darussalam Editing, p. 201.Abdul-Rahman, M. S. (2009). Tafsir Ibn Kathir Juz’ 21 (Part 21): Al-Ankabut 46 To Al-Azhab 30. Londra: MSA Publication Limited, p. 213..
Ibn Saʼd Rayhona islomni qabul qilganidan keyin Muhammadga turmushga chiqqanligini yozgan. At-Saʼlabiy uning Muhammadning xotini boʻlganini tasdiqlagan va Rayhona uchun mahr toʻlanganiga dalillar keltirgan. Ibn Hajar Muhammad Rayhonaga uylanganidan keyin uy unga berganiga ishora qiladiIbn Hajar. Isabaha. Vol. IV, pg. 309.. Antonie Wessels Muhammad Rayhona Banu Nodir va Banu Qurayza qabilalari bilan ikki tomonlama aloqadorligi sababli siyosiy sabablarga koʻra u bilan turmush qurgan deb, Lesley Hazleton esa buni Muhammadning ittifoq tuzganiga dalil deb hisoblagan. Aksincha, Barakat Ahmad Rayhona va Muhammadning qoʻshinlari tomonidan har ikki qabilaning yoʻq qilingani tufayli Muhammadning nikohi „maʼnosiz“ degan tushunchani qoʻllab-quvvatlagan.
Islom ulamolari orasida Mariya al-Qibtiya singari Rayhonaning ham rasman Muhammadning xotinlaridan biri boʻlga degan umumiy fikr mavjud emas. Jumladan, Hofiz ibn Minda va Shibli Noʻmoniylar uning Islom dinini qabul qilganidan keyin Banu Nodirning yoniga qaytganini taʼkidlashganNomani, Shibli (1979). The Life of the Prophet. Vol. II, pg. 125–6.
Rayhona 631-yilda, hajdan 11 kun oʻtib vafot etgan va Muhammadning boshqa ayollari bilan birga Madinadagi Al-Baqi qabristoniga dafn qilingan Translated by Muhammad Aslam Qasmi..
Yana qarang
Arab boʻlmagan sahobalar roʻyxati Paygʻambarning sahobalari
Manbalar
Turkum:Muhammadning ayollari Turkum:Musulmon ayollar