Vladimir Stasisovich Bogdanavichus (1965-yil 18-mayda tugʻilgan, SSSR) – sovet davrida toʻp surgan rus futbolchisi, hujumchi, himoyachi, futzalchi. Keyinchalik murabbiylik qilgan.

Faoliyati Moskva „Torpedo“ ning bitiruvchisi. Futbolchi sifatida Sovet Ittifoqining ikkinchi ligasida koʻplab jamoalarda oʻynagan. Mamlakat parchalanganidan soʻng, 1993-yilda Bogdanavichus Tyumenning „Dinamo-Gazovik“ jamoasi bilan birgalikda Sharqiy zonada birinchi divizionda gʻolib chiqdi. U havaskor jamoalarda futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan.

Mini futbolda 90-yillarda Vladimir Bogdanavichus mini-futbol boʻyicha Rossiya chempionatida faol ishtirok etdi. Bir muncha vaqt eng kuchli Sovet futzal jamoasi „KSM-24“ tarkibida boʻlgan. 1996—1997-yillarda Bolear-MGAFK jamoasida va 1998—1999-yillarda Koylda oʻynadi. 1982-yili FShMda 2 marta maydonga tushdi va gol ura olmagan. 1982—1983-yillarda Torpedo (Moskva) jamaosida va 1984-yil Dinamo (Stavropol) jamaosida 2 marta maydonga tushib1 ta gol urgan. 1987—1988-yillarda Tekstilshik (Ivanovo)da 58 marta maydonga tushib 4 ta gol uegan. 1989-yilda Saturn jamaosida faoliyat olib bordi. 1990-yillarda Xorazmning Jayhun (Urganch) jamoasida faoliyat olib bordi. 1998/99-yilgi mavsumda futbolchi Superligada „Kogalim“ jamoasida oʻynagan. 24 uchrashuvda bitta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati 2001-2009-yillarda Ximki oʻsmirlar sport maktabida murabbiy boʻlib ishlagan. 2009-yildan 2013-yilgacha sport maktabi direktori edi. Keyinchalik „Ximki“ yoshlar jamoasini boshqargan va asosiy jamoaning murabbiylar shtabida edi.

2023-yilning 4-martidan 19-apreliga qadar „Ximki U19“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan, shundan soʻng shaharda yoshlar futbolini rivojlantirishga rahbarlik qilgan.

Yutuqlari

PFL Birinchi liga gʻolibi: 1993-yil (Sharqiy zona).

Manbalar

Havolalar

Statistika na sayte FK „Saturn“

Mini-futbol Rossii. Statisticheskiy spravochnik. Assotsiatsiya mini-futbola Rossii. 10 let Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:18-mayda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari