Surayyo Mahmudovna Rahmonova (1978-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik siyosatchi, huquqshunos. Dotsent (2015), yuridik fanlar doktori (2018).
Biografiyasi Surayyo Rahmonova 1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2000-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan. 2002-yilda esa xuddi shu universitetning magistratura bosqichini tugatgan. 2015-yilda dotsent, 2018-yilda esa yuridik fanlar doktori darajalariga erishgan.
Rahmonova 2013—2014-yillar davomida Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2014—2015-yillarda kafedra dotsenti boʻlgan. 2015—2017-yillarda Huquqiy tadqiqotlar markazi mudiri, 2017—2018-yillarda esa markazning katta ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yilning 4-iyulidan 2023-yilning 10-oktyabrigacha Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yil 10-oktyabrda esa Aliya Yunusovaning oʻrniga Oʻzbekiston bolalar ombudsmani lavozimiga saylagan.
Manbalar
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari