Isroil–Hamas urushi – 2023-yilning 7-oktyabrida Hamas boshchiligidagi Falastin kutilmaganda Isroilga muvofiqlashtirilgan terroristik hujum uyushtirganidan keyin boshlangan harbiy toʻqnashuvsodir boʻldi. Hujum ertalab Hamas boshqaruvidagi Gʻazo sektoridan Isroilga kamida 5 000 ta raketa otilishi bilan boshlandi. Parallel ravishda 2 500 nafarga yaqin falastinlik jangarilar Gʻazo–Isroil toʻsigʻidan oʻtib, qoʻshni Isroil hududlarida tinch aholi vakillarini asirga oldi. Natijada kamida 1 400 nafar isroillik nobud boʻldi, jumladan, "Reʼim" musiqa festivalining 260 nafar ishtirokchisi. Qurollanmagan tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar hamda qoʻlga olingan Isroil askarlari Gʻazo sektoriga olib ketildi. Isroil bunga javoban havo zarbalarini bera boshladi va oradan bir kun oʻtib Hamasga rasman urush eʼlon qildi. Hamas hujumlarini Sukkot yahudiy bayrami yakunida, 1973-yilda Yom Kippur urushi boshlanganiga roppa-rosa 50 yil toʻlgan kunda boshladi. Hamasning hujumi 2023-yilning 7-oktyabr kuni tongda Falastinning Hamas guruhi armiya askarlariGʻazo sektoridan Isroil tomonga kutilmagan hujumini uyushtirdi. 20 daqiqa ichida Isroilga Gʻazodan 5 000 dan ortiq raketalar otildi. Isroil ommaviy axborot vositalari Gʻazodan kamida 2200 ta snaryad otilganini xabar qilishdi. Hamas harakati harbiy qanoti qoʻmondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi va buning nomini Al-Aqso toʻfoni () deya nomladiHAMAS Isroilga qarshi „Al-Aqso toʻfoni“ operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Gʻazo sektoriga tutash hududlar va Sharon tekisligidagi shaharlarda, shuningdek Gedera, Gerzliyo, Tel-Aviv va Ashklon shaharlarda portlashlar qayd etildiIsrael attack: PM says Israel at war after 250 killed in attack from Gaza.
Isroilning hujumi Yahudiylarning Sukkot () bayramiga toʻgʻri kelgan hujum isroilliklar uchun kutilmagan holat boʻldiMore than 200 Israelis killed in surprise Hamas assault on Israel, 232 killed in Gaza
„Temir gumbaz“ havo hujumidan mudofaa qilish tizimi ishga tushirildi. Bosh vazir Benjamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari (IMK) shtabida xavfsizlikni taʼminladi. Keyinchalik Gallant armiyaning oʻn minglab zahiradagi askarlarini safarbar qilishni maʼqulladi va Gʻazo chegarasidan 80 kilometr (50 mil) radiusda favqulodda holat eʼlon qildiIsrael attack: PM says Israel at war after 250 killed in attack from Gaza.
Tinch aholi qurbonlari
Gʻazo sektori (Falastin) – 2023-yil 7-oktabrdan 2025-yil aprel oyigacha Gʻazoda jami 50 810 kishi halok bo‘lgan. Ushbu qurbonlarning aksariyati tinch aholi vakillari bo‘lib, ularning 15 613 nafari bolalar va 8 304 nafari ayollar ekani aniqlangan . Mustaqil tekshiruvlarda o‘lim holatlari taxminan 70–80% tinch aholi (ayollar va bolalar) ekanligi qayd etilgan. Isroil – Isroil tomoni bo‘yicha urush boshidan buyon 1 706 kishi halok bo‘lgan. Ularning katta qismini tinch fuqarolar tashkil etadi. Xususan, faqat 2023-yil 7-oktabr kuni Hamas hujumlari natijasida 815 nafar isroillik tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan (umumiy 1 195 kishi halok bo‘lgan). Keyingi oylar davomida ham raketa hujumlari va boshqa to‘qnashuvlar oqibatida bir necha tinch fuqarolar qurbon bo‘ldi, ammo asosiy yo‘qotishlar 7-oktabr hodisalarida yuz berdi.
Infratuzilma va uy-joylar Gʻazo sektori infratuzilmasi urush natijasida misli ko‘rilmagan darajada zarar ko‘rdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Gʻazodagi uy-joylarning ~60%i urush davomida vayron qilingan, yoki turli darajada shikastlangan. BMT huzuridagi uy-joy masalalari bo‘yicha ishchi guruh ma’lumotiga binoan, kamida 370 000 ta uy-joy birligi zarar ko‘rgan bo‘lib, ularning 79 000 dan ortig‘i to‘liq vayron bo‘lgan. Mahalliy Gʻazo rasmiylari esa to‘liq vayron qilingan uylar sonini 150 000 dan oshgan deb baholagan (2024-yil oktabr holatiga). Uylarning vayron bo‘lishi tufayli minglab oilalar boshpanasiz qoldi.
Xalqaro reaksiya center|800x800px
: Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston Islom Amirligi „Gʻazo sektoridagi soʻnggi voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini“ va "Isroildagi sionistlar tomonidan mazlum Falastinliklarning huquqlarini poymol qilishlari, musulmonlarning ibodatxonalarini bir necha marotaba xoʻrlashlari va hurmatsizlik qilishlari natijasida bunday hodisalar sodir boʻlayotganini taʼkidladiPakistan, Afghanistan show support to Palestine, calls for „cessation of hostilities“. : Bosh vazir Edi Rama isroilliklar oʻz uylariga ega boʻlish va u yerga qaytish uchun ming yillar davomida kurashganini taʼkidladiIsrael-Hamas conflict, Rama: Ready to meet with the Palestinian Ambassador. Tashqi ishlar vaziri Igli Hassani hujumni keskin qoralab, qurbonlar, ularning oilalari va butun Isroil bilan birgaligini bildirdi. : Tashqi ishlar vazirligi, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishini keskin qoralab, xalqaro tashkilotlarni mojaroga aralashishga chaqirdi va „Isroil mustamlakachiligi“ga qarshi kurashayotgan falastinliklarga hamdardlik bildirdi. : Tashqi ishlar va madaniyat vazirligi „HAMASning Isroil hududiga qarshi amalga oshirgan terrorchilik harakatlaridan afsusda“ ekanini maʼlum qilib, Isroil xalqi bilan birgaligini va qurbonlarga hamdardlik bildirganComunicado de la Cancillería argentina. : Tashqi ishlar vazirligi falastinliklar va isroilliklar oʻrtasidagi zoʻravonlik va tinch aholiga qilingan hujumlardan xavotir bildirdi. Qurbon boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, xalqaro hamjamiyatni zoʻravonlikka chek qoʻyishga chaqirdiMID Armenii: shokirovani nasiliem mejdu palestinsami i Izrailem i targetirovaniem grajdanskogo naseleniya. : Tashqi ishlar vaziri Penny Wong „Avstraliya HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumlarini, jumladan shaharlar va tinch aholiga raketalar bilan hujum qilishlarini soʻzsiz qoralaydi“,-dedi'Terrorism in its most despicable form': World leaders unite to condemn unprecedented attack on Israel by Hamas. Bosh vazir Anthony Albanese ham hujumlarni keskin qoraladiAnthony Albanese condemns 'indiscriminate and abhorrentʼ Hamas attack on Israel. : Ozarbayjon-Isroil parlamentlararo aloqalarning ishchi guruhi Isroilga qilingan hujumni qoralab, hamdardlik bildirdiWorking Group for Azerbaijan-Israel Inter-Parliamentary Relations condemns large-scale attacks on Israel. : Tashqi ishlar vaziri Hadja Lahbib TV X telekanalida mamlakat „Isroil fuqarolariga qarshi ommaviy raketa otilishini keskin qoralaydi“ va ular barcha jabrlanganlar bilan ekanini aytdiUnited States security officials, Rishi Sunak and other world leaders react to surprise Hamas attack on Israel. : Tashqi ishlar vazirligi Braziliyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi raisi sifatida ushbu organni shoshilinch yigʻilish oʻtkazishini bildirib, Gʻazo sektoridan Isroilga uyushtirilgan „quruqlikdagi hujumlarni“ qoralab, Isroil xalqiga hamdardlik bildirdiAtaques em território israelense. : Vazirlar Kengashi raisi Borjana Krišto hujumlarni „adolatsiz va shafqatsiz“ deb qoralab, Isroilni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. : Bosh vazir Jastin Tryudo -Kanada Isroilga qarshi amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlarini keskin qoralashini va zoʻravonlikni „mutlaqo qabul qilib boʻlmas“ deb atadi. U mamlakatini Isroil bilan birgaligini va uning „oʻzini himoya qilish huquqi“ni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi. : Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni, vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun siyosiy vositalarni izlashga va nafaqat ikki davlat oʻrtasida, balki butun Yaqin Sharqda vaziyatning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga qoʻl urmaslikka chaqirdiQazaqstanniң Tel-Avivtegі elshіlіgі Izraildegі azamattarimizben tұraqti baylanista – QR SІM. : Vaziyatning jiddiyligidan chuqur xavotir bildirib, mojaroning barcha tomonlarini tinchlikka erishish, tinch aholi xavfsizligini taʼminlash va Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va imkon qadar tezroq siyosiy va diplomatik muloqotni boshlashga chaqirdiKirgizstan Izrail menen Palestinanin jaңjalina tinchsizdanuusun bildirdi. : Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirib, kurashayotgan tomonlarning qurolli qarama-qarshilikini tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi. Yana qarang
Universitet kampuslarida Isroil—Hamas urushi namoyishlari Amerika-Eron munosabatlari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi
Manbalar
Turkum:Isroil–Falastin mojarosi Turkum:2023-yil voqealari Turkum:Eron ishtirokidagi urushlar