Berestov Valentin Dimitrovich (1928-yil 1-aprel, Kaluga guberniyasi, Rossiya imperiyasi – 1998-yil 15-aprel, Moskva, Rossiya) – sovet yozuvchisi va tarjimoni, shoir. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Hayoti 1928-yil 1-aprelda Kaluga guberniyasida (hozirgi Kaluga viloyati) tugʻilgan.

1942-yilda Ulug Vatan urushi payti yillarida Berestovlar oilasi Toshkentga evakuatsiya qilingan. U yerda N. Ya. Mandelshtam orqali A. A. Axmatova bilan uchrashish baxtiga muyassar boʻlgan. Keyin yillarda Valentin Berestov taqdirida katta rol oʻynagan K. I. Chukovskiy bilan ham uchrashganPostanovlenie gubernatora Kalujskoy oblasti ot 24 iyulya 2000 goda № 393 „Ob uchrejdenii oblastnoy literaturnoy premii imeni V. D. Berestova“.

1944-yilda Valentin Berestov Anna Axmatovaning tavsiyanomasi bilan Moskvaga kelgan va Moskva viloyatidagi iqtidorli bolalar maktab-internatida oʻqigan. Keyin Moskva davlat universitetining tarix fakultetini va Etnografiya instituti aspiranturasini tamomlab SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.

U oʻzining birinchi asarlarini 1946-yilda Smena jurnalida nashr etgan. 1947-yilda, hali talabalik paytida, Berestov birinchi marta arxeologik qazishmalarda qatnashish uchun Novogorod va Xorazmga uyushtirilgan ekspeditsiaylarga borgan.

Xotini – Tatyana Aleksandrova (1929—1983), yozuvchi, rassom, domovyonke Kuze ertagi muallifi.

U 70 yoshga toʻlganidan ikki hafta oʻtib, 1998-yil 15-aprelda Moskvada vafot etgan. U Xovanskoye qabristoniga dafn etilgan.

Birinchi sheʼriy toʻplam Otplitiye va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Pro mashinu birinchi bolalar kitobi 1957-yilda nashr etilgan.

Kitoblari Otplitiye sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 1957.

Dikiy golub sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 1962.

Mech v zolotix nojnax nasriy asari – „Molodaya gvardiya“, 1964.

Semeynaya fotografiya sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 1973.

Tri dorogi sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 2015.

Bolalar uchun Shkolnaya lirika sheʼrlar toʻplami – „Detskaya literatura“, 1981.

Stixi o detstve i yunosti sheʼrlar toʻplami – Sovetskaya Rossiya, 1981.

Shkolnaya lirika sheʼrlar toʻplami – Detskaya literatura, 1981.

Ulibka sheʼrlar va ertaklar toʻplami – Detskaya literatura, 1986.

Opredeleniye schastya sheʼrlar kitobi – „Sovremennik“, 1987.

Javoronok sheʼrlar va ertaklar toʻplami – Detskaya literatura, 1988.

Po dorojke v perviy klass sheʼrlar toʻplami – Malysh, 1990.

Perviy listopad sheʼrlar toʻplami – Detskaya literatura, 1990Aleksandr Aleksandrovich Ivanov. Plodi vdoxnoveniya. – M.: Sovetskiy pisatel, 1983. – 224 s..

Manbalar

Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi qatnashchilari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Tarjimonlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari