Abishev Islom Almaxanovich (1956-yil 12-may, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) – qozoq davlat arbobi.

Biografiyasi Islom Abishev 1956-yil 12-mayda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Qutcha qishlogʻida tugʻilgan. Millati qozoq.

1978-yilda V.I.Lenin nomidagi Qozoq politexnika institutining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va elektrotexnika muhandisligi yoʻnalishini tamomlagan. 1978—1980-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan.

2017-yildan 2019-yilgacha Butunjahon „Qozoqcha kurash“ federatsiyasi prezidenti boʻlgan.

Mehnat faoliyati Islom Abishev mehnat faoliyatini 1972-yilda sovxozda mexanizatorlikdan boshlagan. 1980—1981-yillarda Oʻzbekiston NPO Kibernetika instituti ilmiy xodimi, 1982—1983-yillar LKSMK Chimkent viloyat komiteti instruktori, 1983—1992-yillar sovxoz partiya qoʻmitasi kotibi va sovxoz direktori boʻlgan. Keyinchalik, 1992—1994-yillarda Chordara tuman elektr tarmoqlari korxonasi direktori oʻrinbosari, 1994-yildan 1997-yilgacha Maksat Qora dengiz floti va Abay Qora dengiz floti direktori, 1997-yildan 1999-yilgacha „Turan“ OAJ va „Batsu-Energosbyt“ MChJ bosh direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 1999-yildan 2000-yilgacha Batsu korporatsiyasi assotsiatsiyasi prezidenti boʻlgan. 2000-yilning noyabr oyidan 2002-yilmimg sentyabr oyigacha Janubiy Qozogʻiston viloyati Ordabasinskiy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2002-yil sentyabrdan 2003-yil yanvargacha esa Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari boʻlgan. 2003-yil yanvar oyida Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimda 2009-yil martgacha faoliyat yuritgan. 2009-yil martdan 2012-yil fevralgacha Ust-Kamenogorsk shahri hokimi boʻlgan. 2012-yil fevraldan 2013-yil iyulgacha Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Suv resurslari qoʻmitasi raisi boʻlgan. 2013-yildan 2014-yilgacha Batsu korporatsiyasi assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.

2014-yil avgust oyidan Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Suv resurslari qoʻmitasi raisi sifatida ishlay boshlagan.

2019-yil 15-martda Islom Abishev Suv xoʻjaligi qoʻmitasi raisi lavozimidan chetlashtirilib, 2019-yilning 16-martida hibsga olingan.

2020-yil 18-fevralda Islom Abishev Sokolovskiy suv quvurini rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnoma tuzilayotganida tovlamachilik yoʻli bilan 60 million tengedan ortiq miqdorda pora olishga uringanlikda aybdor deb topilgan (J.K.ning 24-moddasi 3-qismi, 366-moddasi 4-qismi) va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Mukofotlari 1998-yil – „Ostona“ medali. 2006-yil – „Kurmet“ ordeni. 2008-yil – „Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishdagi aʼlo ximatlari uchun“ medali. 2010-yil – „Qutqaruv ishlarida faol ishtirok etgani uchun“ koʻkrak nishoniAkim Ust-Kamenogorska Islam Abishev udostoen medali MChS RK. 2010-yil – „Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ koʻkrak nishoni. 2011-yil – „Parasat“ ordeni. 2018-yil – Uchinchi darajali „Baris“ ordeni. Davlat yubiley medallari. 2001-yil – „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil“ medali. 2005-yil – „Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 10 yil“ medali. 2006-yil – „Qozogʻiston Respublikasi parlamentiga 10 yil“ medali. 2011-yil – „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ medali. Islom Abishev Janubiy Qozogʻiston viloyati va Sharqiy Qozogʻiston viloyati faxriy fuqarosi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Qozog‘iston davlat arboblari Turkum:Satbayev universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar