Daniyel Rasimovich Axtamov (, 1985-yil 26-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – ozarbayjon va rus futbolchisi, Ozarbayjon terma jamoasi futbolchisi. Hujumchi.

Boigrafiyasi Otasi Rasim Axtamov Bokuda tavallud topgan. U Neftçi Boku PFK jamoasida futbol oʻynagan.

Daniyel Cherepovetsning „Aist“ jamoasining shogirdi boʻlib, 7 yoshidan boshlab futbol oʻynagan. Otasining sharofati bilan Moskvaning „Lokomotiv“ internatiga oʻqishga kirgan. Uni tugatib, temiryoʻlchilar zaxirasiga tushishni moʻljallagan, ammo rahbariyat uni jamoaga olishni istamagan. Axtamov Cherepovetsga qaytib kelgan va u yerda „Sheksna“ futbol jamoasida oʻynay boshlagan.

Axtamov 2004-yilda „Vityaz“ (Podolsk) futbol klubiga oʻtgan, ammo u yerda uzoq qolmagan. 2004-yilning ikkinchi yarmida Ozarbayjonga kelgan va u yerda Ozarbayjon futbol oliy ligasining „Inter“ (Boku) jamoasida oʻynay boshlagan.

2005-yilda „Ganja“ futbol klubigaShaxin DINIYeV: „Gruppa lyudey v Gyandje prepyatstvuet razvitiyu futbola v regione“, biroz vaqt oʻtgach esa „Olimpik“ (Boku) futbol klubiga oʻtgan. 2006–2007-yilgi mavsumda yana „Inter“ safida oʻynadi.

Daniyel Rasimovich 2008-yilda Torpedo klubi (Moskva) taklifini qabul qilib, Rossiyaga qaytib kelgan. Yil oʻrtalarida „Sheksna“ klubiga oʻtgan.

2009-yilda Belarusning „Minsk“ va Ozarbayjonning „Simurg“ jamoalari sharafini himoya qilgan.

Axtamov 2011-yilda Oʻzbekistonning „Jombay“ jamoasida, 2012-yilda esa Moldovaning „Tiraspol“ klubida oʻynagan.

Futbolchi 2012-yilning ikkinchi yarmida Cherepovets „Aist“ jamoasiga oʻtgan va 2013-yildan „Titan“ (Klin) jamoasida oʻynagan.

Ozarbayjon terma jamoasi Daniyel Ozarbayjon fuqaroligini qabul qilgan va Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi safida ilk bor toʻp surganDaniel Axtyamov .

Tez orada Ozarbayjon milliy futbol jamoasiga qoʻshilgan 2004-yilda Angliya terma jamoasiga qarshi oʻyinda qatnashgan. Bir necha oʻyindan soʻng Axtyamov ozarbayjonlik murabbiylar nazaridan chetda qolgan. 2009-yilda Ozarbayjon terma jamoasiga endigina bosh murabbiylik qila boshlagan Berti Fogts Axtyamovni terma jamoaga qaytargan, ammo hujumchi birorta ham gol ura olmagan. Daniyel umumiy hisobda terma jamoa bilan 13 ta oʻyin oʻtkazgan.

Manbalar

Turkum:26-martda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar