Usmon Pashayev (, , , 1977-yil 23-yanvarda Angren shahrida tugʻilgan) – qrim-tatar jurnalisti va prodyuseri.

Hayoti Usmon Pashayev 1977-yil 23-yanvarda Angren shahrida qrim-tatar oilasida tugʻilgan. Uning bobosi va buvisi 1944-yilda butun Qrim-tatar xalqi bilan birga NKVD tomonidan Qrimdan deportatsiya qilingan. U 1980-yili Ukrainaning Genichesk shahridaBіlo-blakitna chulara (blog by Osman Pashayev) yashab, 1989-yildan Qrimga koʻchib oʻtgan.

Faoliyati Pashayev Kiyev xalq xoʻjalik universitetida tahsil olganPashayev at linkedin.com. Avvaliga davlat „Qrim“ telekompaniyasining qrim-tatar nashrida yangiliklar boshlovchisi, keyin esa shu yerda muxbir boʻlib ishlagan. Keyin u 2001-yilda Kiyevga koʻchib oʻtadi. Soʻng turli telekanallar, jumladan, STB, Inter, 5 Kanal, NTN va Tvi bilan faoliyat olib borgan. 2011—2014-yillarda Simferopoldagi Qrim-tatarlarning ATR telekanalida ishlaydi. 2013-yilning bahorida ATRning Istanbuldagi ofisiga koʻchib oʻtgan.

2009-yilda Ukrainaning toʻrtta milliy kanali (STB, 1+1, Ukraina, TONIS) 158 nafar ishchilarini birlashtirgan „Mediafront“ kasaba uyushmasi raisi etib saylanadiOsman Pashaєv ocholiv medіprofspіlku „Medіafront“. 2014-yil Qrim inqirozi paytida ishgʻol qilingan Qrimdagi voqealarni issiq nuqtalar va koʻchalardan jonli efirda yoritish bilan shugʻullangan. Tasodifiy fuqarolar bilan blits-intervyular, siyosatchilar va faollar bilan studiya intervyulari orqali Qrim ochiq kanaliga asos solgan. Dastlab loyihaga Zenife Seydametova, Muslim Umerov, Ridvan Pashayev va Lyuman Abdullayev qoʻshiladiOsman Pashaєv zasnuvav іnternet-kanal CrimeanOpenCh.

U Gezi noroziliklari, Ukraina inqilobi va Qrim inqirozi haqida, Ukraina rasmiylari, jumladan Viktor Yanukovich, Viktor Yushchenko va Valentina Semenyukka qarata tergovlar haqida maʼruza qilgan.

Qrim tatarlarining „Avdet“ gazetasi uni 20 ta eng nufuzli Qrim tatarlaridan biri deb tan oladi (2009).

Manbalar

Turkum:Angren kishilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar