Ayolgʻu – shoir hamda tarjimon Faxriyor tomonidan yozilgan saylanma. Saylanma dastlab 2000-yilda Sharq nashriyoti-matbaa konserni tomonidan nashrga tayyorlangan boʻlib, asar ichida sheʼrlar, doston va tarjimalar oʻrin egallagan. Shoir bu asarni otasi Nasriddin Nizom oʻgʻli va onasi Xosiyat Qoplon qiziga bagʻishlaganini kitobning ilk sahifasida eslatib oʻtgan.
Boʻlimlari Saylanma uch boʻlimdan iborat boʻlib, birinchi boʻlim „Dardning shakli“ ikkinchi boʻlim „Ayolgʻu“, uchinchi boʻlim esa „Ruhunat“ deb nomlangan. Shuningdek, toʻrtinchi boʻlimga Pablo Neruda va Maris Chaklaysdan qilingan tarjimalar kiritilgan. Saylanma borasidagi fikrlar Saylanma uchun soʻzboshi yozuvchi Ahmad Aʼzam tomonidan yozilgan. Yozuvchi kirish qismida asar borasida quyidagi taʼrifni berib oʻtgan:
Adabiyotshunos Umarali Normatov boʻlsa quyidagicha taʼrif bergan:
Manbalar
Turkum:Sheʼriy kitoblar