Qosim ogʻa masjidi (; shuningdek, Qosim Bey Mescidi, bu yerda mescit turkcha soʻz boʻlib, kichik masjid degan maʼnoni anglatadi) – Turkiyaning Istanbul shahrida Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan Vizantiya binosi. Oxirgi restavratsiya davridagi tadqiqotlar ham, oʻrta asr manbalari ham binoning qachon va kimga atab qurilganligi toʻgʻrisida qoniqarli javob topishga imkon bermagan. Kichik masjid Vizantiya monastirining bir qismi boʻlishi mumkin, aosiy cherkov binosi Usmonlilar imperiyasi davrida Odalar masjidi sifatida tanilgan, biroq uning ham kimga atab qurilganligi nomaʼlumMüller-Wiener (1977), p. 164.. Bino Konstantinopoldagi Vizantiya arxitekturasining kichik namunalaridan biri hisoblanadi.

Manzili Masjid Istanbulning Fotih tumani, Salmatomruk mahallasi, Edirnekapidan (qadimiy Charisius darvozasi) uncha uzoq boʻlmagan joyda, Kariye masjidi va Fethiye masjidi oʻrtasidaWestphalen (1998), p. 1., Odalar masjidi qoldiqlaridan taxminan janubi-gʻarbda joylashganEyice (1955) p. 72.

Tarixi right|thumb|250x250px| Vizantiya Konstantinopol xaritasi. Qosim ogʻa masjidi quruqlik devorlarining sharqiy qismida, Charisius darvozasidan taxminan janubi-sharqda joylashgan. Qosim ogʻa masjidi Konstantinopolning oltinchi tepaligida Usmonlilar davrida Boĝdan Saray nomi bilan ataluvchi nomaʼlum Vizantiya binosi bilan chegaralangan hududda qurilganWestphalen (1998), p. 1.. Vizantiya davridagi bino haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Ushbu majmua uchun suv taʼminoti, shubhasiz, yaqin atrofdagi Ipek sardobasidan olingan. 1453-yilda Konstantinopolning fathi paytida bino allaqachon vayronaga aylantirib yuborilgan edi.

Konstantinopol zabt etilgandan soʻng, bino atrofidagi mahallaga, asosan, nasroniy aholi joylashib olgan. Shunga qaramay, 1506-yilda Sulton Boyazid II hukmronligi davrida Qosim Bey ibn Abdulloh bino vayronalari ustiga kichik masjid qurdirgan. Masjidga yaqin atrofda bir qancha doʻkonlar va yer uchastkalari vaqf qilinganMüller-Wiener (1977), p. 164.. Kichkina masjid 1894-yil Istanbulda sodir boʻlgan zilzilaMamboury (1953), p. 309 va 1919-yil 2-iyuldagi Salmatomruk yongʻinidan katta zarar koʻrgan, natijada faqatgina tashqi devorlar va minora poydevori saqlanib qolgan. Keyinchalik, XX asrning oʻrtalarida tashlab ketilgan masjid tashlandiq bino sifatida foydalanilgan (), lekin 1970-yillarga kelib toʻliq qayta tiklangan va hozirgi kunga qadar faoliyatini davom ettirmoqda.

Tavsifi right|thumb|250x250px| 1919-yilgi yongʻindan keyin vayronaga aylangan masjidning janub tomondan koʻrinishi. Uning oʻng tomonida joylashgan Odalar masjidi minorasi ham yonib ketgan. Uzoqdagi minora Kariye masjidiga tegishli. Binoning qurilish rejasi shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy tomonga yoʻnaltirilgan kvadrat shaklga ega. Maydoni nisbatan kichikroq boʻlganligi sababdan binoni cherkov deb atash biroz qiyin, shu sababli, bino monastirga tegishli kichik bino boʻlishi mumkin degan taxminlar mavjud. Inshootni qayta tiklash davrida olib borilgan bir qancha tekshiruv ishlari davomida qurilishda foydalanilgan gʻishtlar binoning turli davrlarda qurilgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatadiMüller-Wiener (1977), p. 164., shuningdek, masjid poydevori va saqlanib qolgan devorlari gʻisht va toshdan yasalganligi aniqlanganEyice (1955) p. 72. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 1506-yilda cherkov masjidga aylantirilganda mehrobning atriumi va devori qayta tiklanishi kerak boʻlgan. Ayni vaqtda binoning shimoli-sharqiy tomonida ulkan minora mavjud.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar