Fyodor Alekseyevich Semenovskiy (1901-yil, Toshkent – 1941-yil, Smolensk viloyati) – Sovet harbiy qoʻmondoni, korpus komissari (1939), fuqarolar va Ulugʻ Vatan urushlari qatnashchisi. 1941-yilda nemislar tomonidan asirga olingan va komissar sifatida otib tashlangan.
Biografiyasi Fyodor Semenovskiy 1901-yilda Toshkentda xizmatchi oilasida tavallud topgan. Maktabda 4-sinfni tugatgach, shahar chaqiruv komissiyasida xizmatchi boʻlib ishlagan. 1920-yil iyun oyida ixtiyoriy ravishda Qizil Armiya safiga qoʻshildi. Fyodor 1925-yilgacha Turkiston frontida bosmachilar bilan boʻlgan jangda batalyon siyosiy instruktori boʻlib qatnashgan va ikki marta yaralangan.
Urush tugagandan soʻng, Fyodor Alekseyevich harbiy komissarlikda instruktor boʻlib ishlagan. 1930–1936 yillarda miltiq korpusining siyosiy boʻlimi kotibi, 1936–1938-yillarda Uzoq Sharqdagi 20-oʻqchi diviziyasining harbiy komissari boʻlib faoliyat yuritgan. Semenovskiy 1938-yilda Uzoq Sharq Qizil Bayroq armiyasi shtab-kvartirasining komissari, keyin esa ushbu armiyaning harbiy kengashi aʼzosi boʻlib xizmat qilgan. Fyodor 1938-yil 7-oktyabrda SSSR Mudofaa xalq komissari huzuridagi Harbiy kengash aʼzosi etib tayinlandi. 1939-yil mart oyida Orlov harbiy okrugi harbiy kengashi aʼzosi etib tayinlandi.
Fyodor Semenovskiy Ulugʻ Vatan urushi boshida 20-chi armiya harbiy kengashining aʼzosi etib tayinlandi. Belorussiya SSRdagi janglarda va Smolensk jangida qatnashdi. 1941-yil 20-iyulda armiya Smolensk yaqinida qurshab olindi. Semenovskiy qamaldan qochishga urinib, 1941-yil 24-oktyabrda qoʻlga olindi. Asirga olingan kuni uni otib oʻldirishdi. U Klyuchiki qishlogʻi yaqiniga dafn qilindi. 1966-yil iyul oyida Semenovskiyning suyak qoldiqlari Vyazmaga general-leytenant Yefremov qabri yoniga qayta dafn qilindi.
Fyodor 1938-yil va 1941-yilda ikki marra Qizil Bayroq ordeni sohibi boʻlgan. Bundan tashqari Qizil Armiyaning XX yillik medali va „Xasan janglari ishtirokchisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Lavozimlari 1938-yil Brigada va Diviziya komissari boʻlgan. 1939-yilda Korpus komissari boʻlib xizmat qilgan.
Manbalar
Turkum:Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasining XX yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:1941-yilda vafot etganlar Turkum:24-oktabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1901-yilda tugʻilganlar