Yelizaveta Ivanovna Dmitriyeva (1887-yil 12-aprel, Sankt-Peterburg — 1928-yil 5-dekabr, Toshkent) – rus shoirasi, dramaturg, Cherubina de Gabriac taxallusi bilan mashhur.
Hayoti Yelizaveta Dmitriyeva 1887-yil 12-aprelda zodagonlar oilasida tugʻilgan. Otasi Ivan Vasilyevich Dmitriev xattotlikdan dars bergan (taxminan 1857—1901), sildan erta vafot etgan. Yelizavetaning katta akasi Valerian (1880-1965) dengiz zobiti, Port-Artur mudofaasida, Rus-yapon urushida qatnashgan. Singlisi Antonina (taxminan 1883—1908) oʻqituvchi boʻlgan. Yetti yoshdan oʻn olti yoshgacha Yelizaveta otasi kabi kasallikdan aziyat chekdi, toʻshakka mixlanib qoldi va umrining oxirigacha choʻloq boʻlib qoldi. 1904-yilda Vasileostrovskaya gimnaziyasini oltin medal bilan, 1908-yilda esa Imperator ayollar pedagogika institutini ikki mutaxassislik: oʻrta asrlar tarixi va fransuz oʻrta asr adabiyoti boʻyicha tamomlagan. Shu bilan birga, u Sankt-Peterburg davlat universitetida ispan adabiyoti va eski fransuz tili boʻyicha maʼruzalarda qatnashdi, soʻngra Sorbonnada qisqa muddat tahsil oldi. Sorbonnadaligida Nikolay Gumilyov bilan tanishgan.
Sankt-Peterburgga qaytgach, u Petrovskaya ayollar gimnaziyasida rus adabiyotidan dars berdi, teosofik jurnallarda ispan sheʼriyatidan tarjimalarni (Avliyo Tereza va boshqalar ijodi) nashr etdi.
"Cherubina de Gabriac" 1909-yil yozi Yelizaveta Dmitriyeva vaqtini Koktebelda, Voloshinning yozgi uyida oʻtkazdi. U yerda u oʻziga yangi taxallus oʻylab topdi. Voloshin uni qoʻllab-quvvatladi.
„Cherubina de Gabriac“ dindor katolik boʻlgan, 1877-yilda tugʻilgan va monastirda tarbiya olgan. Uning har bir harakatini kechayu kunduz iezuit rohiblari kuzatib turgan. Shuning uchun u odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qila olmaganВ письмах Маковскому Черубина неоднократно сообщала о своём решении уйти в монастырь и «выйти замуж за одного еврея», то есть стать Христовой невестой.. 1909-yil 1-sentyabrda Yelizaveta Dmitriyeva „Cherubina de Gabriac“ taxallusi bilan imzolangan sheʼrlar toʻplamini „Apollon“ jurnalining noshiri Sergey Makovskiyga yubordi.
1926-yilning kuzida Dmitriyeva „Eʼtirof“ kitobini yozgan.
Xuddi shu yili rus antroposoflariga qarshi repressiyalar boshlandi.
1927-yilda Dmitriyevaning uyida tintuv oʻtkazildi, uning barcha kitoblari va arxivlari musodara qilindi va shoiraning oʻzi uch yilga Toshkentga yuborildi.
1927-yildan Toshkentda yashagan. U sheʼr yozishni davom ettirdi.
Toshkentda jigar saratonidan vafot etgan. U Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Asarlarining nashrlari
[Стихотворения] // Возвращение. Вып.1. М.: Советский писатель, 1991, с.179−188.
См. также указ. издание под ред. Т. Н. Жуковской, Е. А. Калло (1999), с. 461−554.
Manbalar
Havolalar Стихотворения Биография на сайте «Мир Марины Цветаевой» Биография на сайте «Николай Гумилёв» Цикл «Домик под грушевым деревом» Цикл «Екатеринодар»
Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1928-yilda vafot etganlar Turkum:5-dekabrda vafot etganlar Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:1887-yilda tugʻilganlar Turkum:12-aprelda tugʻilganlar