Mun Yon Sik (1903-yil 23-iyul – 1966-yil 18-sentyabr) – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Budyonniy kolxozining agronomi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949).

Hayoti Mun Yon Sik 1903-yil 23-iyulda Koreyada (boshqa maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Ussuri tumani Zanadvorovka qishlogʻida) tugʻilgan. Tugʻilgandan payti uning koʻrish qobiliyati past edi. Zanadvorovkadagi boshlangʻich maktabning ikkinchi sinfini tamomlagan. 1912-yildan u ota-onasining shaxsiy fermasida ishlagan holda qishloq mehnati bilan shugʻullangan. 1930-yilda Posyetskiy tumani Budyonniy nomidagi kolxozga ishga kirdi. 1937-yilda butun kolxoz bilan birga Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumaniga surgun qilinadi.

Urushdan keyingi yillarda uning kolxozi sholi yetishtirishda yetakchi edi. U sholini uch xil oziqlantirishni oʻz ichiga olgan yangi uslubni ishlab chiqdi: birinchisi (may oyining oxirida) hayvon ahlati va kul aralashmasi bilan 1,5-2 t/ga, ikkinchisi (20-iyun) ammiakli selitra va superfosfat bilan 3,0 ts/ga, uchinchisi esa bir xil dozada iyul oyining oxirida. Ekinlarni qisqa muddatda va yoʻqotishlarsiz yigʻib oldi.

1848-yilda Mun Yon Sik kolxozi 5 gektar maydonda har gektardan oʻrtacha 88,3 sentner guruch yigʻib oldi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.

Kolxozda kanop yetishtirishga harakat qildi. Oʻn gektar yerga kanop ekib, yuqori hosil ham oldi.

Nafaqaga chiqqunga qadar Budyonniy kolxozida (1962-yildan – „Tong kommunizmi“ kolxozi) ishlagan. Kolxozdagi uzoq yillik mehnati evaziga kasaba uyushmasidan nafaqa olgan. 1966-yil sentyabr oyida vafot etdi. Quyi Chirchiq tumani (hozirgi Oqqoʻrgʻon tumani) sobiq Budyonniy nomidagi kolxoz qabristoniga dafn etilgan. .

Adabiyotlar Советская агрономия, Том 8. Гос. изд-во с.-х. лит-ры, 1950 Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019 З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5 Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992 Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993 Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar

Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1966-yilda vafot etganlar Turkum:18-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:23-iyulda tugʻilganlar