Jom’e masjidi yoki Jama masjidi, Jami masjidi yoki Badi masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Hindistondagi eng katta masjidlardan biri, Hindistonning Uttar-Pradesh shtati, Jaunpur shahridagi Jaunpur sultonligidan Husayn Shoh Sharqiy tomonida joylahgan 15-asrda barpo etilgan masjiddir. Bu Jaunpurning asosiy sayyohlik joylaridan biri hisoblanadi. Masjid Jaunpur shimoli-sharqida 2,2 km, Zafarobod shimoli-gʻarbida 7.3 km, Mariaxu shimoli-sharqida 16,8 km, shimoli-gʻarbida 26.3kmACME MApper va Atala masjididan 1 km uzoqlikda joylashgan.

Har juma kuni maxsus juma namozlari oʻqiladi. Shuningdek, har kuni besh vaqt namoz ham oʻqiladi. thumb| Jom’e masjidi gʻarbiy yarmining rejasi

Tarixi Masjid XV asrda sunniy Jaunpur sultonligining Sharqiy sulolasi vakili tomonidan qurilgan. Sulola kuchli amaldor Malik Sarvar (shuningdek, Malik-as-Sharq nomi bilan ham tanilgan, „sharq tengdoshi“ degan maʼnoni anglatadi) tomonidan Jaunpurda Tugʻloqiylar sulolasi qudrati pasayganidan soʻng tashkil etilgan boʻlib, u ortiqcha sarf-xarajatlar tufayli ichki tanazzulga yuz tutgan. Masalan, Firuz Tugʻloq tomonidan va 1398-yilda Amir Temur tomonidan Dehlining talon-taroj qilinishi bunga sabab boʻlganAskari, S. H. (1960). Discursive notes on the Sharqi monarchy of Jaunpur. Proceedings of the Indian History Congress, 23(1), 152-163. Malik-as-Sharq 1394-yilda Firuzshoh tomonidan 1360-yilda ibodatxonalarini buzib tashlagan hindu shaharchasi yaqinida asos solgan Jaunpur shahrini egallab olgan va 1398-yilda Dehli talon-taroj qilinganidan keyin oʻzini mustaqil sultonlik deb eʼlon qilganAbha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.. Jaunpur sultonligi Hindistonning Bixar va Uttar-Pradesh viloyatlaridagi hududni nazorat qilgan hamda Hindistonda Sheroz-e-Hind (Hindistonning Sherozi) nomi bilan tanilgan Islomning madaniy markazi boʻlgan, uning hukmdorlari sanʼat, arxitekturaning oʻziga xos uslublariga alohida eʼtibor qaratganBehl, Aditya. „The Magic Doe: Desire and Narrative in a Hindi Sufi Romance, circa 1503.“ In Indiaʼs Islamic Traditions, edited by Richard M. Eaton, 180-209. New Delhi, India: Oxford University Press, 2003..

Masjidning poydevori 1438-yilda Ibrohimshoh tomonidan qoʻyilgan, ammo bu huhhagi qurilish ishlari ilk marotaba 1440-yilda uning vafotidan soʻng boshlangan. Qurilish maqsadi nomaʼlum boʻlgan, ammo ikkita keng tarqalgan rivoyatga koʻra, Ibrohimshoh masjidni mahalliy aholi yalangoyoq uzoq masjidga bormasligi uchun qurgan yoki ocharchilik paytida aholini ish bilan taʼminlash uchun barpo ettirganAbha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56. Führer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8.. Majmua bosqichma-bosqich bunyod etilgan va nihoyat Sharqiy monarxi Husayn Shoh tomonidan 1473-yilda qurib bitkazilganAbha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56. .

Sayyidlar sulolasi davrida tinchlik boʻlganidan soʻng, Dehlida Lodilar sulolasining yuksalishi Husayn Shoh Sharqiy va Bahlul Lodi hamda Sikandar Lodi orasida bir necha urushlarni keltirib chiqargan, bu esa Jaunpur sultonligining qulashiga sabab boʻlganRam Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-107. Behl, Aditya. „The Magic Doe: Desire and Narrative in a Hindi Sufi Romance, circa 1503.“ In Indiaʼs Islamic Traditions, edited by Richard M. Eaton, 180-209. New Delhi, India: Oxford University Press, 2003.. Aksariyat manbalarga koʻra, bu urushlar davomida Sikandar Lodi tomonidan Husayn Shohning jamoat ishlarining aksariyat qismini, jumladan Jom’e masjidining Sharqiy darvozasini, Janjri masjidining deyarli toʻliq qismini va Sharqiy diniy boʻlmagan binolarning koʻp qismini yoʻq qilishga yoki zarar yetkazilganJama Masjid. (n.d.). Government of Uttar Pradash. https://jaunpur.nic.in/tourist-place/jama-masjid/Führer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8. This source is not ideal. It is mentioned as a source by various reliable secondary sources. That said the author frequently plagiarized and while he did engage in some important archaeological digs some later work of his was completely fabricated. That said I could find no evidence that his descriptions of this mosque were fabricated. I will try to only use this source if it is collaborated later on or as a primary source in the final draft. (This source is usually corroborated where I’ve used it so far. The only things dependent on it were a few facts about the mosques architecture and the Quranic inscriptions)Behl, Aditya. „The Magic Doe: Desire and Narrative in a Hindi Sufi Romance, circa 1503.“ In Indiaʼs Islamic Traditions, edited by Richard M. Eaton, 180-209. New Delhi, India: Oxford University Press, 2003.Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56. . Bu fikrdan farqli oʻlaroq, Ram Nath Sikandar Lodining dindor musulmon sifatidagi maqomi masjidlarga zarar yetkazishiga toʻsqinlik qilganini va diniy boʻlmagan binolarning yoʻqligi Sharqiy sulolaning arxitekturada qobiliyatsizligi sababli ularning hech qachon mavjud boʻlmagani bilan bogʻliqligini taʼkidlaydiRam Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-107. .

Inglizlar hukmdorligi ostida Jaunpur meʼmorchiligining boshqa elementlari singari Jom’e masjidi ham Britaniya hukmronligi ostida qayta talqin qilingan. 1783-yilda William Hodges „Select Views in India (Hindistondagi koʻrinishlarni tanlash)“ kitobida masjidga kirish qismining eskizini tasvirlagan. Hodgesga xarobalarning ahamiyatiga eʼtibor qaratgan goʻzal rassomlar maktabi va tabiat bilan hamohanglashgan xarobalarning koʻplab rasmlari taʼsir koʻrsatgan.

Hindiston kontekstida xarobalarga eʼtibor qaratish Hindistonni tanazzulga uchragan sivilizatsiyasini tasvirlashga yordam bergan. Michael S. Dodsonning taʼkidlashicha, rassomlar ushbu mavzuni Britaniya imperiyasining abadiyligini ifoda etish uchun qoʻllagan boʻlsalar-da, Hindistonni vayronagarchilik bilan identifikatsiyalashning yashirin jihati mustamlaka hukumati uni tiklash uchun mas’ul boʻlishi kerak degan gʻoyani oʻzida mujassamlashtirgan. Bu ikkinchi gʻoya mustamlakachi hukumat Hindistonda koʻplab tadqiqotlar oʻtkazganligi sababli mashhur boʻlgan, masalan, Hindistonning Arxitektura tadqiqoti (ASI) shular jumlasidandir. Albert Führer tomonidan Jaunpur arxitekturasi, jumladan Jom’e masjidi boʻyicha batafsil izlanishlar oʻtkazilgan. Dodsonning soʻzlariga koʻra, bu tendentsiya George Curzon tomonidan 1919-yilda oʻz yurisdiksiyasi ostidagi Jom’e masjidini oʻz ichiga olgan, ammo boshqa monumental asarlarni qamrab olmagan. Bu holat 1904-yilda Qadimgi yodgorliklarni saqlash toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish bilan yakunlangan.

Oʻsha paytda Jaunpurda kunduzi azon aytilmagan, faqat quyosh chiqishi va botishi vaqti maʼlum qilingan. Karamat Ali Jaunpuriy bu gʻayriislomiy marosimni isloh qilgan va Jaunpur masjidlarida katta saʼy-harakatlar bilan azon ayttirgan. Tarixiy Jom’e masjidini boshqarish ortida ham turli xavotirlar boʻlgan. Bu masjid azon va namoz oʻrniga diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, baraat, klub va nikoh marosimlari kabi dunyoviy yigʻinlar uchun foydalanilgan. Jom’e masjidining ayrim joylariga qoramollar ham bogʻlab qoʻyilgan. Bu holat Jaunpuriy masjidda besh vaqt namozni qayta tiklashga muvaffaq boʻlgunicha davom etgan. Xuddi shunday, Jom’e Masjidda Jaunpuriy oʻlimidan keyin ham koʻp yillar davomida uning bir qator juma vaʼzlari oʻqilgan. Jaunpuriyni vaʼzgoʻylik harakatlari tufayli bir necha bor oʻldirishga urinishgan, ammo u jang sanʼatidagi mahorati sabbali ham tirik qolishga muvaffaq boʻlgan.

Arxitekturasi

thumb| Jaunpur Jom’e masjidining janubiy darvozasi thumb| Jaunpur Jom’e masjidi majmuasining panoramik koʻrinishi thumb| Jaunpur Jom’e masjidi majmuasi Jom’e masjidi Jaunpurdagi eng mashhur uchta masjiddan biri, qolganlari Atala masjidi va Lal Darvaza masjididir. Ulardan eng kattasi va eng yangisi Ayni Jom’e masjidi hisoblanadi. Jom’e masjidi va Lal Darvaza masjidi asosan Atala masjidi namunasiga asoslangan tarzda barpo etilgan. Michael S. Dodsonning soʻzlariga koʻra, bu uslubning diqqat markazida uning orqasidagi gumbazni toʻsib qoʻyadigan ulkan va vizual jihatdan ustunlik qiluvchi peshtoq (portal) turadi Ushbu uslubda qurilgan barcha masjidlar shimolga, janubga, sharqqa va gʻarbga qaragan toʻrtta katta darvozalari boʻlgan hovlida joylashtirilgan. Ulardan eng ahamiyatlisi Gʻarbga (Makka tomon) qaragan boʻlib, unda peshtoq va gumbaz mavjudAbha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56..

Masjid balandligi qariyb 20 fut boʻlgan poydevorda qurilgan va unga zinapoyalar orqali kirish mumkinJami Masjid of Jaunpur. (n.d.). Archnet. https://archnet.org/sites/5268 . Bu xususiyati uni asosi boʻlmagan va Dehlidagi koʻplab boshqa masjidlarga oʻxshtib qurilgan Atala masjididan ajratib turadi. Umumiy uslub Dehli arxitekturasi taʼsirida boʻlsa-da, peshtoq yonidagi baʼzi arkalar Bengaliya meʼmorchiligidan olingan deb ishoniladiAbha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.. Hovli har tomondan monastirlar bilan oʻralgan, A. A. Führerning taʼkidlashicha, ikkinchi qavat Sikandar Lodi Jaunpurni zabt etgan davrida vayronaga aylanishidan oldin ikki qavatli boʻlgan. Gʻarbiy devorda bir nechta mehroblar joylashgan boʻlib, ularning har biri yon tomonida naqshinkor oʻyilgan plitalar bilan bezatilganFührer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8.. Peshtoqning balandligi 200 futdan oshadi, uning orqasidagi gumbazning diametri 38 futga teng. Peshtoqning har ikki tomonida bir nechta arka bilan bezatilgan uzunligi 70 fut boʻlgan ikkita dominant propilon mavjudJami Masjid of Jaunpur. (n.d.). Archnet. https://archnet.org/sites/5268 Jama Masjid. (n.d.). Government of Uttar Pradash. https://jaunpur.nic.in/tourist-place/jama-masjid/. Masjid gʻishtdan qurilgan boʻlib, ularning bir qismi ilgari mavjud boʻlgan hind ibodatxonalari asosida qurilgan. Sharqiy qismlarning umumiy uslubi minimal bezaklarni oʻz ichiga olgan boʻlsa-da, hindu ibodatxonalarining bu qismga taʼsiri uning naqshlarida yaqqol seziladiRam Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-10.