Trofim Kan (1909-yil, Koreya, Hamgyong viloyati, Kevan qishlogʻi – 1962-yil 13-aprel) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Budyonniy nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953).

Hayoti Trofim Kan 1909-yilda Koreyaning Hamgyong provinsiyasi Kevan qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1920-yillarning oxirida u Posyetskiy tumanidagi Yuqori Sidimi va Siny Utyos qishloqlarida yashagan. 1927—1929-yillarda u Siny Utyos qishlogʻida otasining shaxsiy fermasida ishlagan. Keyinchalik 1929-yilda Posyetskiy tumanidagi „Yangi yoʻl“ kolxoziga ishga kiradi. „Yangi yoʻl“ kolxozida oddiy kolxozchi, kolxoz mudiri boʻlib ishlagan. Trofim Kan 1937-yilda Toshkent viloyatiga surgun qilingan. 1940-yilda oʻrta maktabning beshinchi sinfini tamomlagan. 1937-yildan Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozda brigada rahbari, ferma mudiri, brigadir boʻlib ishlagan. U 1948-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi safiga qabul qilindi.

1953-yilda Trofim Kanning boʻlinmasi 5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 91 sentnerdan yashil kanop poyasi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1953-yil 21-dekabrdagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Keyinchalik Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozda xoʻjalik mudiri, soʻngra agronom boʻlib ishladi. Ikkinchi jahon urushi davrida koʻrsatgan mehnati uchun „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan.

1962-yil aprel oyida vafot etdi. U sobiq Budyonniy nomidagi kolxoz qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni „19411945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali

Adabiyotlar Шин Д. В. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Алматы: Service Press, 2019 З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы. Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5 Советские корейцы Казахстана. Мен Д. В., Квон Л. А., Ким. Алматы, 1992 Ким П. Г. Корейцы Республики Узбекистан. Ташкент: Узбекистон. 1993 Кан Г. В. История корейцев Казахстана. Алматы: Гылым, 1995 Ким Г. Н., Мен Д. В. История и культура корейцев Казахстана. Алматы: Гылым, 1995 Ким Б. И. Корейцы Узбекистана. Кто есть кто. Ташкент, 1999

Manbalar

Turkum:Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozning Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1962-yilda vafot etganlar Turkum:13-aprelda vafot etganlar Turkum:1909-yilda tugʻilganlar