Pathar Ki masjidi Patna shahrida Taxt Shri Harmandir Saheb nomli hudud yaqinidagi Gang daryosi boʻyida joylashgan. Jahongirning oʻgʻli Parvez Mirzo 1621-yilda Pathar Ki masjidini bunyod etgan. Bino toshdan qurilgan va shuning uchun u Pathar Ki Masjidi nomini olgan. U Sultonganj va Alamganj oʻrtasidagi Ashok Rajpathda qad rostlagan.
Pathar Ki masjidi mahalliy islom jamoatchiligi orasida juda mashhur. Diniy vazifalarni bajarishdan tashqari, bu eski masjid shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi hamdir .
Pathar Ki masjidi xalq orasida Saif Xon masjidi, Chimmi Ghat masjidi va Sangi masjidi nomlari bilan ham mashhur.
Manbalar
Turkum:Boburiy masjidlari Turkum:Bihardagi masjidlar