Piyale posho masjidi (, ) – Tersane masjidi (soʻzma-soʻz: kemasozlik masjidi) nomi bilan ham tanilgan XVI asrga oid Usmonli masjidi. Bino Turkiyaning Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Kasımpaşa mahallasida joylashgan.
Tarixi Piyale posho masjidi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan vazir va buyuk admiral Piyale Mehmed poshoga atab bunyod etilgan. Masjid qurilishi 1565–1573-yillarda amalga oshirilgan.
Arxitekturasi right|thumb|200x200px| Masjiddan keltirilgan boʻlishi mumkin boʻlgan Iznik koshinlar Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boshqa masjidlardan farqli oʻlaroq, Piyale posho masjidi oltita bir xil gumbazdan iborat boʻlib, har birining diametri taxminan ga teng. Istanbulda ana shunday bir nechta gumbazga ega boʻlgan ikkinchi masjid Vasat Atik Ali posho masjidi hisoblanadi. Gumbazlar namozxona markazida bir juft nozik granit ustunlar bilan mustahkamlangan. Masjid minorasi qiblaga qaragan devorlar bilan oʻralgan markaziy qismda bunyod etilgan boʻlib, XIX asrning oʻrtalarida qayta qurilgan. Bino ichki makonining uchta devori atrofida och koʻkish fonda sulus yozuvida oq rangda ishlangan Iznik koshinlari mavjud. Masjidning ichki devorlari dastlab turli bezaklar bilan bezatilgan, ammo keyinchalik oq rangga boʻyalgan. Qibla devorining derazalaridagi vitrajlar masjid dastlab qurilgan paytda mavjud boʻlmagan.
Masjidning shimoli-gʻarbida joylashgan gumbazli va sakkiz burchakli maqbarada Piyale posho hamda uning oʻgʻil-qizlari qabri joylashgan. Maqbarada hammasi boʻlib oʻn uchta sarkofag bor. Poshoning rafiqasi Gevherxon Sulton (Selim II ning qizi) erining vafotidan keyin yana turmushga chiqqan va Sofiya ibodatxonasi yonidagi Selim II maqbarasiga dafn etilgan.
Parijdagi Louvre.., Lissabondagi Kalouste Gulbenkian. hamda Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida bir qancha yarim oy shaklidagi bezaklar mavjud. boʻlib, ular XIX asrda Piyale posho masjididan olib ketilgan deb taxmin qilinadi. Bezaklar derazalarning pastki qatori yuqori qismida joylashgan boʻlgan. Yana bir ehtimolga koʻra, ushbu bezaklar masjid bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik vayron qilingan kioskdan olib kelingan. Yarim oy shaklidagi ikkita bezaklar hamda mehrobdan keltirilgan boʻlishi mumkin boʻlgan bir juft koshinlar 2004-yilda Christie kim oshdi savdosida sotilgan...
Galereya
Eslatmalar
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Piyale Pasa masjidi , Archnet. Dik Osseman tomonidan olingan masjid fotosuratlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar