Sangtoʻda GES-2 () – Tojikistonning Xatlon viloyati Dangʻara tumanida, Vaxsh daryosida joylashgan gidroelektr stansiya. Vaxsh GESlar kaskadi tarkibiga kiradi va kaskadning beshinchi pogʻonasi hisoblanadi.

Tarixi Sangtoʻda GES-2 qurilishi sovet davrida 1980-yillarda boshlangan, biroq 1990-yillarda moliyalashtirishning yetishmasligi ortidan qurilishi toʻxtatilgan. 1995-yilda Eron loyihani moliyalashtirishga qiziqish bildirdi, biroq bitim 2005-yilgacha imzolanmadi. Qurilish ishlari 2006-yil 20-dekabrda qayta tiklanadi.

Loyihaning umumiy qiymati 220 million dollarni tashkil qiladi, shundan Eronning ulushi 380 mln, Tojikistonniki $40 mln.

Stansiyaning birinchi gidroagregati 2011-yil 6-sentyabrda Emomali Rahmon hamda Mahmud Ahmadinajod ishtirokidagi marosimda ishga tushirildi.

Ikkinchi gidroagregat esa 2014-yil sentyabr oyida toʻliq ishga tushirildi.

Tojikiston Respublikasi va Afgʻoniston oʻrtasidagi hukumatlararo kelishuvga koʻra, 300 megavatt elektr energiyasi, xususan, Sangtoʻda GES-2da generatsiya qilingan energiya yoz oylarida Sangtoʻda—Puli Xumri yuqori voltli elektr uzatish tarmogʻi orqali uzatiladi.

Tavsifi Gidroelektr stansiya Eronning Sangob kompaniyasi tomonidan qurib bitkazilgan va foydalaniladi. Foydalanishga qadar toʻliq ishga tushirishni pudratchi Farab International Co. kompaniyasi amalga oshirdi. Loyihaga Mahab Ghods Engineering Company konsultantlik, Omran Maroon Engineers Company subpudratchilik qildi. U Sangtoʻda GES-1 bilan bir vaqtda ishlaydi. Norak suv ombori darvozalaridan foydalanadi.

Toʻgʻon tosh-tuproqdan barpo etilgan. Balandligi daryo oʻzanidan boshlab hisoblaganda va uzunligi .

Daryoda qurilgan gidroeletr stansiya 2 ta agregatdan iborat va oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 1 tVt*soat. Generatori Xitoyda ishlab chiqarilgan.

Dastlabki 12 yillik daromadi Eronga toʻlanadi, shundan soʻng GES egaligi Tojikistonga oʻtadi.

Manbalar

Turkum:Tojikiston gidroelektr stansiyalari Turkum:Tojikiston toʻgʻonlari Turkum:Eron–Tojikiston munosabatlari Turkum:Xatlon viloyati Turkum:Vaxsh daryosidagi GESlar