thumb| Bandar Datoʻ Onn masjidi namozxonasi Sulton Iskandar masjidi () – Malayziyaning Johor sultonligi, Joxor-baru tumani, Bandar Datoʻ Onn shahrida joylashgan masjid. Masjidga Johorning 24-chi sultoni Almarhum Sulton Iskandar ibni Almarhum Sulton Ismoilning nomi berilgan.

Tarixi Masjid Johor Land Berhad korporatsiyasi tomonidan qurilgan boʻlib, hozirda uning boshqaruvi Vaqaf An-Nur Berhad korporatsiyasiga tegishli. Har ikki korporatsiya ham Johor Corporation (JCorp) shoʻba korxonalari hisoblanadi. Sulton Iskandar masjidi dastlab Bandar Datoʻ Onn masjidi sifatida tanilgan. Qurilish ishlari 2012-yilda boshlangan va 2015-yilda yakunlangan. Masjid 2016-yilning 8-aprelida Johorning Tunku Mahkotasi Tunku Ismoil Idris ibni Sulton Ibrohim tomonidan uning marhum bobosi Sulton Iskandarning tavallud kuni munosabati bilan rasman ochilgan.

Arxitektura Sulton Iskandar masjidi Usmonli meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar