Lev Viktorovich Vahtin (; 19-dekabr, 1933-yil; Moskva) – Lev Vahtin SSSR va Oʻzbekistonning sobiq futbolchisi va murabbiyi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubining dastlabki murabbiylaridan biri.

Biografiyasi Lev Vahtin Moskvada tavallud topgan boʻlsada, 1949-yil oilasi bilan yashash uchun Toshkentga koʻchib kelgan. Futbolchilik faoliyatini 1953-yilda Toshkentning „Sverdlovets“ (oʻsha yillarda jamoa noma „ODO Toshkent“ deb nom olgan) klubida boshlagan. Futbolchilik faoliyati davomida Toshkent jismoniy tarbiya va sport institutida taʼlim olgan.

Toshkent jamoasi safida toʻrt mavsumdan ziyod faoliyat yuritib SSSR Birinchi ligasi va SSSR Kubogi oʻyinlarida ishtirok etgan. Vahtin institutni tamomlagach, Yangioboddagi tuman sport qoʻmitasi raisi sifatida mehnat faoliyatini olib borgan. 1961-yilda Moskvadagi jismoniy tarbiya va sport institutida murabbiylik kurslarini yakunlab Fargʻonda faoliyat olib bora boshlagan. Keyinchalik faoliyatini Fargʻona davom ettirib, „Spartak“ klubida oʻynagan.

1962-yilda „Spartak“ jamoasi tugatilib uning oʻrniga Fargʻonada asosiy jamoasi sifatida yangi tashkil etilgan „Neftchi“ (oʻsha yillarda jamoa noma „Neftyanik“ deb nom olgan) klubida yordamchi murabbiy boʻlib ish boshlagan. 1966-yilgacha Fargʻona jamoasida yordamchi murabbiylik qilgan Vahtin, 1996-yilgi mavsumda klub bosh murabbiyi boʻlib ishlagan. Keyinchalik bir necha yil, oraqliq yillar bilan jamoa boshligʻi siftida faoliyat yuritgan.

1987-yilda jamoaga Yuriy Sarkisyanning kelishida muhim oʻrin tutgan Vahtin, 1987-yildan 1990-yilgacha SSSR Ikkinchi ligasi – Markaziy Osiyo mintaqasida birnchi oʻrinni olishida muhin oʻrin olgan. 2013-yilgi mavsumda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston futboliga qoʻshgan hissasi uchun esdalik nishon bilan taqdirlangan.

Yutuqlar

Jamoa boshligʻi sifatida

SSSR Ikkinchi ligasi gʻolibi: 1990 Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: 1994, 1996

Manbalar

Havolalar

Lev Vahtin

Turkum:19-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari