Menspleyning – bu ayollarga erkaklar tomonidan biron bir narsa yoki hodisani haddan tashqari soddalashtirilgan va kamsituvchi uslubda sharhlab berish yoki tushuntirish degan maʼnoni anglatuvchi atama.
Oʻzining dastlabki qoʻllanishida menspleyning erkaklarning ayollarga nisbatan qiladigan kamsituvchi harakatlaridan farq qilar edi, chunki bu tushuncha erkak ayoldan koʻra koʻproq bilimli boʻladi degan tushunchaga asoslangan. Biroq, u keyinchalik kengroq qoʻllanila boshladi. Bu atama biror kishi boshqa biron kishiga yoshi va jinsidan qatʼiy nazar, nimanidir tushuntirishda kamsituvchi ohangni ishlatganda qoʻllanadi: „menspleyning“ har qanday kishiga nisbatan, jinsidan qatʼiy nazar ishlatilishi mumkin.
2013-yilda Dictionary.com oʻz lugʻatiga mansplain va -splain soʻzlarini qoʻshayotganini eʼlon qildi. Uning eʼlonida shunday deyilgan: „bu atamaning “splaining" qismi 2013-yilda birlashtiruvchi shakl (yoki oʻzak) sifatida juda ajoyib ekanligi isbotlandi.“ Ushbu qism Mansplaining, womansplaining, whitesplaining, rightsplaining, goysplaining va Damonsplaining kabi parallel konstruktsiyalarning yaratilishiga sabab boʻlgan.
Bu soʻz ommalashib borgani sari bir qancha tadqiqotchilar har xil insonlarning turlicha oʻzlashtirishi soʻzning asl maʼnosini yoʻqotishiga sabab boʻlayotganidan shikoyat qilishgan. Joshua Sealy-Harrington va Tom McLaughlin The Globe and Mail gazetasida bu atama munozaralarni toʻxtatish uchun ad hominem (falsafiy argument) sifatida ishlatilayotganligini yozgan.
Manbalar
Turkum:Sotsiolingvistik