Sufrajist ayol – XX asr boshlarida Birlashgan Qirollikdagi davlat saylovlarida ovoz berish huquqiga ega boʻlishi maqsadida „Ayollarga ovozlar“ shiori ostida kurashgan faol ayollar tashkilotining aʼzosi. Ushbu atama ilk bora 1903-yilda Emmeline Pankhurst tomonidan qoʻllangan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri harakat olib boruvchi va ularga nisbatan koʻrsatiladigan nohaqliklarga jim turmasdan, itoatsizlik bilan bosh koʻtaruvchi, faqat ayollar huquqlarini himoya qilish bilangina faoliyat yurituvchi Britaniya Ayollar Ijtimoiy va Siyosiy Ittifoqi (WSPU) aʼzolariga tegishliStrachey, Ray (1928). The Cause: A Short History of the Womenʼs Movement in Great Britain. p. 302.. 1906-yilda Daily Mail gazetasi muxbirlaridan biri suffragist (saylov huquqini himoya qiluvchi har qanday shaxs) soʻzidan olingan suffragette atamasini fanga kiritdi. WSPU tashkiloti aʼzolari ham ushbu yangi atamani qabul qilishdi va bu atamadan WSPU tomonidan nashr etiluvchi gazetaning nomi sifatida foydalanishga qaror qilishdi. thumb| Sufrajist harakatining ranglari. Binafsharang sadoqat va qadr-qimmat, oq rang poklik, yashil rang esa umidni anglatadi XIX asrning oxiriga kelib, ayollar bir qancha mamlakatlarda saylovlarda ovoz berish huquqini qoʻlga kiritdilar. 1893-yilda Yangi Zelandiya 21 yoshdan oshgan barcha ayollarga ovoz berish huquqini bergan ilk oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlatga aylandiHarper, Ida Husted. History of Woman Suffrage, volume 6 (National American Woman Suffrage Association, 1922) p. 752.. Britaniyada ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqi berilmagach, 1903-yilda Emmeline Pankhurst „ishni oʻzimiz qilishimiz kerak“ degan qarorga keldiPankhurst, Christabel (1959). Unshackled: The Story of How We Won the Vote. London: Hutchison, p. 43. va WSPU uchun „soʻz emas, balki amal“ shiorini qabul qildi. Ovoz beruvchilar siyosatchilarni aldashdi, parlamentga bostirib kirishga harakat qilishdi, politsiya bilan janglar paytida hujumga va jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlishdi, oʻzlarini-oʻzlari panjaralarga zanjirband qilishdi, derazalarni sindirishdi, mamlakat boʻylab portlash va oʻt qoʻyish operatsiyalarini amalga oshirishdi, ommaviy axborot vositalarida gʻazab va masxaralarga duch kelishdi. Ular qamoqqa olinganida bir necha kun yoki haftalab ovqat yemay, ochlik eʼlon qilishdi, hukumat esa bunga javoban ularni majburan ovqatlantirishdi. Oʻsha paytda qamoqda ilk bora majburiy ovqatlantirilgan birinchi sufrajist ayol Evaline Hilda Burkitt edi. 1913-yilda Epsom Derby deb nomlanuvchi ot poygasida qirol George V ning oti oldidan yugurib chiqqan Emily Davisonning oʻlimi butun dunyo boʻylab shov-shuvlarga sabab boʻldi. Bu vaqtda WSPU tashkilotini qoʻllab-quvvatlovchi bir qancha tomonlar ham mavjud boʻlib, boʻlinib ketgan guruhlar qayta tuzildi, biroq WSPU aʼzolarining barchasi ham tashkilotning toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlarini qoʻllab-quvvatlamas edilar.

1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlanganida sufrajistlar kampaniyasi harakati toʻxtatildi. Urushdan soʻng, 1918-yilda qabul qilingan Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi qonun ovoz berish huquqini 30 yoshdan oshgan, mulk bilan bogʻliq maʼlum talablarga javob beradigan ayollargagina berdi. Oradan oʻn yil oʻtgach, 1928-yilgi Xalq Vakilligi (saylov huquqi tengligi) qonuni ayollarga 21 yoshdan boshlab ovoz berish huquqini berilganini eʼlon qilganidan keyin ayollar erkaklar bilan saylovlarda bir xil ovoz berish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tavsifi

Ayollarning saylov huquqi Men oroli 1881-yilda parlament saylovlarida (Tywald) mulkka ega boʻlgan ayollarga ovoz berish huquqini bergan edi. 1893-yilda Yangi Zelandiya barcha ayollarga ovoz berish huquqini bergan birinchi oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlatga aylandi. Unga koʻra, 21 yoshdan boshlab ayollarga barcha parlament saylovlarida ovoz berish huquqi berildi. Janubiy Avstraliyadagi ayollar ham xuddi shunday huquqqa erishdilar va 1895-yilda ilk marotaba parlamentga saylanish huquqini ham qoʻlga kiritdilar. Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1869-yilda Wyoming, 1870-yilda Yuta shtatining gʻarbiy hududlarida, shuningdek, 1893 va 1896-yilda Kolorado va Aydaxo shtatlarida 21 yoshdan oshgan ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqi berildiKingman, John W. „Woman Suffrage in Wyoming. Six Years' Practical Workings.“ Testimony delivered before the Massachusetts legislature on Jan. 18, 1876. Microfilm. Woodbridge, CN: Research Publications, 1 reel (part), 35 mm. (History of women, reel 946, no. 8824).

Britaniya sufrajistlari 1865-yilda John Stuart Mill ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqlarni oʻz ichiga oluvchi platformada parlamentga saylandi. 1869-yilda Stuart Millning erkaklar va ayollarning teng huquqliligini ifoda etuvchi „Ayollarning boʻysunishi“ maqolasi nashr etildi. Shuningdek, 1865-yilda Kensington jamiyati ayollar muhokamasi guruhi tuzildi. Ayollarning saylov huquqi mavzusidagi munozaralardan soʻng, jamiyat petitsiya loyihasini ishlab chiqish va imzolarni yigʻish uchun qoʻmita tuzdi, Stuart Mill esa loyiha 100 nafar kishi tomonidan imzolangandan soʻng uni parlamentga taqdim etishga rozi boʻldi. 1866-yilning oktyabr oyida havaskor olim Lydiya Becker Manchesterda boʻlib oʻtgan Ijtimoiy fanlarni targʻib qilish milliy assotsiatsiyasining yigʻilishida ishtirok etdi va petitsiya tashkilotchilaridan biri Barbara Bodichonning „Ayollarga saylovlarda ishtirok etish huquqining berilish sabablari“ nomli maqolani oʻqiganini eshitdi. Keyinchalik Lydia Becker Manchesterda petitsiya loyihasi uchun imzo toʻplashda yordam berishga harakat qildi va yangi tashkil etilgan Manchester qoʻmitasi safiga qoʻshildi. 1866-yilda Mill parlamentga ushbu petitsiyani taqdim etdi. Bu vaqtga qadar esa loyiha tarafdorlari 1499 ta imzo toʻplashga muvaffaq boʻlishgan edi, jumladan, Florence Nightingale, Harriet Martineau, Jozephine Butler va Mary Somerville ham ushbu loyihaga rozilik beruvchilar qatorida edi.

1867-yilning mart oyida Lydia Becker „Contemporary Review“ nashri uchun yozgan maqolasida shunday deydi: 1867-yilning may oyida parlamentga yana ikkita petitsiya taqdim etildi va Stuart Mill ham 1867-yilgi islohot toʻgʻrisidagi qonunga ayollarga erkaklar bilan bir xil siyosiy huquqlarni berish uchun oʻzgartirish kiritilishini taklif qildi, ammo ushbu taklifga mazxaraomuz tarzda fikr bildirildi va 73 ta rozi va 196 qarshi ovoz bilan ushbu ushbu taklif rad etildi.

Manchester ayollar saylov huquqi jamiyati aʼzolari 1867-yil yanvar oyida mashhur fizik va pediatr Louis Borchardtning uyiga taklif qilindi va ular u yerda Jacob Bright, ruhoniy S. A. Steinthal, missis Gloyne, Max Kyllman va Elizabeth Wolstenholmelar bilan uchrashishdi. Shundan soʻng, 1867-yilning fevral oyida Lydiya Becker Jamiyat kotibi etib tayinlangan boʻlsa, Richard Pankhurst ijroiya qoʻmitasining eng birinchi aʼzolaridan biri boʻldi. 1874-yilda Manchesterda Becker tomonidan uyushtirilgan tadbirda 14 yoshli Emmeline Goulden ham ishtirok etdi. Keyinchalik, Emmeline Goulden ayollar huquqlarining qizgʻin targʻibotchisiga aylandi va Pankhurstga turmushga chiqib, Emmeline Pankhurst nomi bilan tanildi.

1880-yilning yozida Becker Men oroliga tashrif buyurib, asosan, ayollardan tashkil topgan tinglovchilarga ularning saylov huquqi mavzusida beshta ommaviy yigʻilishlar davomida nutq soʻzladi. Nutq davomida Becker ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqini taʼminlashga harakat qildi va natijada, 1881-yilning 31-yanvar kuni orolda xususiy mulkga ega boʻlgan ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqi berildi.

WSPUning shakllanishi thumb|Emmeline Pankhurst 1903-yilda WSPUga asos solgan va Buyuk Britaniyaning eng koʻzga koʻringan sufrajistlaridan biriga aylangan 1867-yilda Manchesterda ayollar saylov huquqi qoʻmitasi tuzildi. Qoʻmitaning maqsadi Mustaqil Mehnat partiyasi (ILP – Independent Labour Party) bilan hamkorlikda ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqini himoya qilish edi. Qoʻmita mahalliy ILP tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa-da, milliy miqyosda ushbu partiya erkaklarning saylovlardagi ustunligini taʼminlashdan koʻproq manfaatdor edi va shu sababdan ayollar uchun ovoz berishdan va sufrajistlarning saylov huquqlarini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi. 1897-yilda Manchester Ayollar saylov huquqi qoʻmitasi Ayollar saylov huquqi jamiyatlari milliy ittifoqi (NUWSS) bilan birlashdi, ammo Pankhurst va uning toʻngʻich qizi Christabel ittifoq tomonidan koʻrsatiladigan yordamlarga qarab oʻtirmasdan, 1903-yilning oktyabr oyida Manchesterdagi uyida Ayollar ijtimoiy va siyosiy ittifoqi (WSPU)ni tashkil etish uchun yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilish boshidanoq, WSPU NUWSSning qatʼiy usullaridan voz kechishiga va buning oʻrniga koʻproq ijobiy choralar koʻrilishiga qaror qilindi:

Suffragette atamasi ilk marotaba 1906-yilda Londonning Daily Mail gazetasida jurnalist Charles E. Hands tomonidan ayollarning saylov huquqi uchun harakat qiluvchi faol shaxslarni, xususan, WSPU aʼzolarini masxaraomuz tarzda tasvirlash uchun foydalanildi.Walsh, Ben. GCSE Modern World History second edition (Hodder Murray, 2008) p. 60."Mr. Balfour and the 'Suffragettes.' Hecklers Disarmed by the Ex-Premier’s Patience." Daily Mail, 10 January 1906, p. 5.. Ammo masxara qilinayotgan ayollar ushbu atamani qabul qilishdi va bu orqali „suffraGETtes“ („g“ harfiga urgʻu berishdi) atamasi nafaqat ularning saylovlarda ovoz berishlarini xohlashlarini, balki uni „olish“ (yaʼni ovoz berish huquqiga ega boʻlish) niyatida ekanliklarini ham bildirishdiColmore, Gertrude.. Jangari ruhda boʻlmagan sufrajistlar „zoʻravonlik, jinoyat, oʻt qoʻyish va ochiq qoʻzgʻolon“ orqali ovoz berish imtiyozini qoʻlga kiritishga harakat qilmaganliklari uchun matbuotda koʻpchilikka maʼqul boʻlishdi.

WSPU kampaniyalari left|thumb|293x293px| Lilian Metgening manikeni 1905-yilda Christabel Pankhurst va tegirmon ishchisi Annie Kenney Manchesterda boʻlib oʻtayotgan siyosiy uchrashuv davomida taniqli liberallar Winston Churchill va ser Edward Greyning nutqlarini boʻlgan holda ulardan ayollar siyosiy huquqlari boʻyicha qayerda turishini soʻrashdi. Siyosiy yigʻilishlar davomida faqatgina erkaklar ishtirok etib, maʼruzachilarga oʻz fikrlarini toʻxtovsiz bayon qilish odatiy va rasmiy rusga kirgan bir paytda, ayollar tomonidan maʼruzachilar nutqining boʻlinishi tinglovchilarning gʻazabiga sabab boʻldi. Pankhurst va Kenney „Ayollarga ovoz“ bannerini koʻtarganlarida, ularning har ikkalasi ham politsiya xodimiga texnik hujum qilganliklari uchun hibsga olindi. Pankhurst va Kenney sud davomida ham ularga belgilangan jarimani toʻlashdan bosh tortdilar va oʻz faoliyatlarini ommalashtirish maqsadida qamoqqa tushishni afzal koʻrdilar.

1908-yilning iyul oyida WSPU Manchester yaqinidagi Heaton Parkning 13 ta alohida sektorlarida Emmeline, Christabel va Adela Pankhurst kabi faollar ishtirokida namoyish oʻtkazildi. Bu haqida The Guardian shunday xabar bergan:

1908-yilda WSPUning „Ayollarga ovozlar“ gazetasi hammuallifi Emmeline Pethick-Lawrence sufrajistlarning maxsus ramziy ranglarini ishlab chiqdi, unga koʻra, binafsharang sodiqlik va qadr-qimmat, oq rang poklik, yashil rang esa umid maʼnolarini anglatadi. Londonning mashur moda doʻkonlari Selfridges va Liberty shlyapalar, rozetlar, nishonlar, kamarlar, shuningdek, rangli kiyimlar, ichki kiyimlar, sumkalar, poyabzal, teri va hojatxona sovuni uchun uch xil rangli lentalar sotuvini yoʻlga qoʻydi. WSPUga aʼzo boʻluvchilar soni oshgani sayin ayollarning kichkina zargarlik buyumlaridan yoki yurak shaklidagi kichik sumkalardan foydalanishi modaga aylandi va 1908-yilning dekabr oyida London zargarlari Mappin&Webb Rojdestvo bayrami arafasida sufrajistlar zargarlik buyumlarining yangi kataloglarini ishlab chiqdilar. 1909-yilda WSPU yetakchi sufrajistlar Emmeline Pankhurst va Louise Eatesga maxsus buyurtma qilingan zargarlik buyumlarini taqdim etdi.

thumb| Emily Davison WSPUda oʻzining jasur jangari harakatlari bilan tanilgan